
18 yoshli Tyago Pitarch klub tarixiga o'z nomini yozib qo'ydi: u "Real" safida Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining ikkita o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu natijaga erishgan paytda u atigi 18 yosh va 226 kunlik edi.
"Real" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Siti"dan 5:1 hisobida ustun kelib, chorak finalga yo'l oldi va bu bosqichda "Bavariya" bilan to'qnash keladi.