Bundesliganing eng yaxshi hujumchilaridan biri faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 19.03.2026 12:08
  • 362
  • 30

"Tottenxem" yozgi transfer oynasi oldidan Seru Girassini diqqat bilan kuzatmoqda.

Bu haqda "Bild" xabar berdi.

Malum qilinishicha, Dortmundning "Borussiya" jamoasida to'p tepayotgan 30 yoshli hujumchining profili "shporlar" talabiga mos keladi va ular uni qo'lga kiritishni istamoqda. Hozircha rasmiy taklif berilmagan, ammo ingliz klubining qiziqishi jiddiy.

Girassining "Borussiya" Dortmund bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Unda 50 million evro miqdorida tovon puli belgilangan, ammo bu shart faqat ayrim klublar uchun amal qiladi.

30 yoshli futbolchiga "Tottenxem"dan tashqari "Milan", "Barselona" va "Fenerbaxche" qiziqmoqda.

Girassi joriy mavsum 12 ta to'p kiritdi hamda 1 ta golga assistentlik qildi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar