Ilyos Zeytullaev: "Meni xudo shunday yaratgan ekan. Sochlarim to'kilib, soqol o'sib chiqdi. Menga Spaletti yoqadi, lekin men angrenlik Ilyos Zeytullaevman"

  • Mr.NoBoDy 19.03.2026 00:08
  • 41
  • 30

Superliga 4-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Bunyodkor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaevv o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi

"Bunday mehmondo'stlik uchun rahmat. Ayniqsa bugungi ajoyib atmosfera uchun. Futbolchilar bunday atmosferada o'ynashi yoqimli va qo'shimcha kuch beradi. Birinchi taymni juda yaxshi o'tkazdik. Tanaffusdan keyin esa "Xorazm" ustunlik qila boshladi. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman, ular nechanchi bor jasorat ko'rsatishmoqda. Biz qanday vaziyatda ekanligimiz faqatgina o'zimiz bilamiz. Bu haqda oldingi uchrashuvlarda ham aytib o'tgandim. Yigitlarga birga kurashishmoqda", - dedi Ilyos Zeytullaev uchrashuv yakunlangach.

- "Bunyodkor" himoyada deyarli xato qilmadi...

- O'tgan mavsum bilan solishtirganda, biroz o'zgarish qildik. Uslubimiz o'zgardi. Yangi uslubdagi vazifalar yaxshi bajarilmoqda. Bunday o'yinimizga yigitlar sababchi. Ular o'yinni o'qishmoqda. Shu sababli g'alabani futbolchilarimga bag'ishlayman.

- Barcha o'zbek futboli muxlislari "Bunyodkor"dagi moliyaviy muammolardan xavotirda...

- Bilasizmi, bu savolga boshqa insonlar etibor qaratadi degan umiddaman. Barchamizning oilamiz bor. Kelajakda esa nima bo'lishini bilmay turibmiz. Jamoamizda xorijlik mutaxassislar ham ishlaydi. Murabbiylar shtabidagi bir mutaxassis bizni tark etyapti. U shunday qaror qabul qildi. Bilmadim, nasib bo'lsa barchasi tez orada aniq bo'ladi.

- Oldinda katta tanaffus bor...

- Ha, biz yigitlar kichik tatilga chiqishadi. Ular bunga loyiq. Shu tanaffus davomida yaxshi xabarlar yangraydi degan umiddaman. "Bunyodkor"ni chet eldan ham kuzatib borishadi. Men bunga aminman. Tanaffus davomida o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz.

- Sizni o'zbek Spaletti deb atashadi...

- Men o'zimni o'zbek spagettisi deyman(kulib). Hozirgi vaqtda kimlargadir taqlid qilish yaxshi emas. Barchamizni xudo yaratgan. Meni xudo shunday yaratgan ekan. Sochlarim to'kilib, soqol o'sib chiqdi. Menga Spaletti murabbiy sifatida yoqadi, lekin men angrenlikman. Yaqinda o'z vatanimga qaytib keldim va shu erda ishlamoqdaman. Men ko'proq Zeytullaev bo'lishga harakat qilaman.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar