ECHL. "Barselona" - "Nyukasl" 3:2 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 18.03.2026 23:48
  • 3643
  • 30

Chempionlar Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi 1/8 finalidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

ECHL. "Barselona" — "Nyukasl" 3:2  (Birinchi o'yin 1:1)

Gollar: 6 - Rafinya, 15, 28 - Entoni Elanga, 18 - Mark Bernal, 45+7 - Lamin Yamal

"Barselona": 13. Joan Garsiya, 2. Joau Kanselu, 5. Pau Kubarsi, 18. Jerard Martin, 24. Erik Garsiya (4. Ronald Arauxo, 21'), 22. Mark Bernal, 8. Pedri, 10. Lamin Yamal, 16. Fermin Lopes, 11. Rafinya, 9. Robert Levandovski

Zaxira: 25. Voycex SHHensni, 31. Diego Kochen, 42. Xavi Espart, 36. Alvaro Kortes, 6. Gavi, 7. Ferran Torres, 14. Markus Rashford, 17. Mark Kasado, 20. Dani Olmo, 28. Runi Barji, 43. Tommi Markes

"Nyukasl": 32. Aaron Ramsdeyl, 2. Kiran Tripper, 12. Malik Tshau, 33. Den Byorn, 3. Lyuis Xoll, 7. Joelinton, 8. Sandro Tonali, 41. Jeykob Remsi, 11. Xarvi Barns, 10. Entoni Gordon, 20. Entoni Elanga

Zaxira: 1. Nik Poup, 26. Jon Raddi, 58. Eydan Xarris, 4. Sven Botman, 21. Tino Livramento, 37. Aleks Myorfi, 28. Jo Uillok, 9. Yoan Vissa, 18. Uilyam Osula, 23. Jeykob Myorfi, 27. Nik Voltemade, 62. Shon Niv

Ogohlantirishlar: 17 - Joelinton, 44 - Pau Kubarsi, 45+5 - Kiran Tripper


O'yinning dastlabki bo'limidan keyingi statistika:

To'p nazorati - 56% - 44%

Darvoza tomon zarbalar - 9 - 4

Aniq zarbalar - 5 - 3

Burchak zarbalari - 5 - 1

Uzatmalar aniqligi - 81% - 71%

Seyvlar - 1 - 2

45+8. Gollarga boy bo'lgan birinchi bo'lim yakunlandi.

45+7. GOL! Yamal penaltidan gol urdi!

45+5. Penalti belgilandi va sariq kartochka Tripperga.

45+4. Bosh hakam o'zi borib ko'radigan bo'ldi VARni. 

45+3. Rafinya jarima maydonchasida yiqitildi, bosh hakam penalti belgilamadi. Holat VARda ko'rilmoqda.

45+1. Yamal hujumni boshladi, Rafinya darvozaga zarba berdi, qaytgan to'pni Lamin bo'sh qolgan darvozani ishg'ol eta olmadi! 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. "Nyukasl" qarshi hujumga qochib ketdi, Xoll jarima maydonchasiga kirib to'pni uzatdi, biroq to'p Garsiyaga kelib tushdi.

43. Yana bir zarba Levandovskidan, to'pni Ramsdeyl ushlab oldi.

40. Qanday qilib? Qanday? Leva? Rafinya va Leva "ikkiga bir" chiqib ketdi, braziliyalik forvard polshalik hujumchiga to'pni uzatdi, Robert bemalol o'ziga to'g'rilab turib zarba berdi, himoyachi va darvozabon esa to'pni qaytardi...

34. "Nyukasl" zo'r kombinaciyalar uyushtirmoqda. Ammo qanaqadir bir pallada "Barsa" futbolchilari qaytarib qolishyapti.

32. Gordon birga-bir vaziyatda gol ura olmadi. Biroq ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat borligi malum bo'ldi.

30. Uchinchi marta barchasi qaytadan boshlanadi bu qarama-qarshilikda.

29. Yana xavfli hujum mehmonlardan! Gordon o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

28. GOL! Elangadan dubl! Yamal to'pni oldirib qo'ydi, Barns Arauxoning oyoqlari orasidan o'tkazib, to'pni markazga uzatdi, Entoni esa bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qild!

23. Rafinyaning burchakdan uzatgan to'pini Arauxo boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq.

21. Ie, Arauxo maydonga tushmoqchi. Erik Garsiya katta ehtimol bilan negadir maydonni tark etmoqda. 

20. Xo'o'o'sh, yanada qiziyapti o'yin. Tezkor gol va tezkor javoblar.

18. GOL! Bernal hisobni yana oshirdi! Rafinya jarima zarbasidan to'pni Martinga uzatdi, u boshi bilan to'pni Markka tashladi va Bernal boshi bilan gol urdi!

17. Kataloniyaliklar yana oldinga o'tmoqda. Hammasi qaytadan boshlanadi yana.

15. GOL! Elanga hisobni tenglashtirdi! Xoll chapdan oldinga o'tib, to'pni Entoniga uzatdi, uning zarbasi esa aniq bo'ldi!

14. "Barsa" gol urgach ikkala tomondan ham aytarli xavfli hujum ko'rmadik.

8. Yana oldinga o'tmoqda "Barsa", bu safar Ferminning o'zi darvozabonga qarshi chiqib bordi, Ramsdeyl yaxshi harakat qildi.

7. "Nyukasl" tezkor gol o'tkazib yubordi, buyog'iga qanday yo'l tutishi qiziq.

6. GOL! Rafinya hisobni ochdi! Yamal markazdan oldinga yurish qilib to'pni avval Rafinyaga, u esa Ferminga uzatdi, u yana qayta Rafinyaga, braziliyalik futbolchining zarbasi aniq bo'ldi.

5. Endi sekin-asta "Barsa" oldinga o'tmoqda, Rafinya yurish qilib, markazga to'pni uzatdi, biroq egasigacha etib bormadi.

3. Birinchi zarba Byorndan, Garsiya to'pni ushlab oldi.

2. Ilk daqiqalardan angliyaliklar faol boshladi. Hujumlar bo'lmoqda, biroq xavfli tus olmayapti.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif etamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar