Gvardiola: "Man Siti" "Real"dek bo'lishini xohlayman!"

  • Mr.NoBoDy 18.03.2026 20:24
  • 411
  • 30

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar Ligasi 1/8 finalida Madridning "Real" klubidan uchralgan mag'lubiyatdan (0:3, 1:2) so'ng o'z jamoasini "Qirollik klubi" bilan solishtirdi.

Ispaniyalik mutaxassis jamoaning hozirgi holati va o'z kelajagi haqida to'xtalib o'tdi:

"Bizni oldinda hali ko'p ishlar kutib turibdi, tarkibimizda yosh va iqtidorli o'yinchilar bor. Oldinlari barcha jabhada mukammal jamoa bo'lgan esak-da, hozir hali butunlay shakllanib ulgurmadik. Oldinda o'yinlar bor, to'g'ri qarorlar qabul qilib, Chempionlar Ligasiga qaytamiz.

Men ushbu jarayonning bir qismiman, agar qaytamiz deyotgan bo'lsam, demak, bunda o'zim ham ishtirok etaman. Nega hamma meni istefoga chiqarmoqchi bo'lyapti? Mening amaldagi shartnomam bor".

Gvardiola "Siti" qachon haqiqiy grandga aylanishi mumkinligini aytdi:

"Men klubning talablari va darajasi aynan "Real"nikidek bo'lishini istardim: agar Chempionlar Ligasini yutmasang — bu muvaffaqiyatsizlik. Ehtimol, biz ham qachondir shu darajaga etib borarmiz..." — dedi Gvardiola.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar