Senegal hukumatidan KAFga og'ir ayblov: "Ular korrupciyaga botgan, kubokni Marokashga berishlari - adolatsizlik!"

  • Mr.NoBoDy 18.03.2026 19:48
  • 27
  • 30

Senegal hukumati Afrika Millatlari Kubogi finalida chempionlik Marokash terma jamoasiga olib berilgani yuzasidan keskin rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Eslatib o'tamiz, finalda 1:0 hisobida oldinda borayotgan Senegal terma jamoasi o'yin vaqtida maydonni tark etgani sababli ularga texnik mag'lubiyat yozilgan edi.

Hukumat bayonotida ushbu qaror keskin qoralangan:

"Senegal hukumati Afrika Futbol Konfederaciyasi (KAF) apellyaciya hakamlar hayatining Senegal terma jamoasini chempionlik unvonidan mahrum qilish va uni Marokashga olib berish qaroridan qattiq g'azabda.

Bu misli ko'rilmagan qaror sport etikasining fundamental tamoyillarini, birinchi galda adolat va maydondagi natijaga bo'lgan hurmatni to'g'ridan-to'g'ri buzadi. Qoidalarning noto'g'ri talqin qilinishi o'ta adolatsiz hukmga olib keldi".

Shuningdek, Senegal tomoni voqeani shunchaki qoldirmoqchi emas:

"Senegal KAF rahbariyati ichidagi korrupciya gumonlari bo'yicha mustaqil xalqaro tergov boshlashni talab qiladi. Adolatni tiklash va sport natijasini qaytarish uchun barcha xalqaro sud instanciyalariga murojaat qilamiz".

Bayonot so'ngida hukumat finaldagi mojarolardan so'ng Marokashda hibsga olingan o'z fuqarolari bilan birdam ekanligini va ularni tezroq ozod qilish uchun vaziyat to'liq nazoratga olinganini malum qilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar