
"Bunga ortiq chiday olmayman"
Eslatib o'tamiz, xorvatiyalik mutaxassis boshchiligidagi "shporlar" 1/8 finalning dastlabki o'yinida Madridning "Atletiko" klubiga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bu holat sobiq futbolchini qattiq g'azablantirdi:
"Umuman nimalar bo'lyapti? "Tottenxem"dan navbatdagi sharmandalik. Bu yigitdan qutulinglar, u hoziroq ketishi kerak. Uni haydab yuboringlar. Men o'zi nimani tomosha qilyapman? "Shporlar" muxlislari, biz nimani ko'ryapmiz o'zi? Bu futbol klubiga nima bo'ldi? Bu o'yinchilarga nima bo'ldi? Men bunga ortiq chiday olmayman, buni televizorimdan olib tashlanglar!"
"Hisob 9:0 bo'lishi kerak edi"
O'Xara "TalkSport" kanalining "Sports Bar" dasturidagi chiqishida murabbiyni keskin qoralashda davom etdi:
"Biz shunchalik yomon o'ynayotganimizga ishona olmayman. Bu jamoa shunchalik rasvo ekaniga aqlim bovar qilmayapti. Bu murabbiy — firibga. Men hayotimda ko'rgan eng katta sharlatan. U o'zi kim? Uni kim tayinlagan? Bu uning aybi! Biz dahshatli darajada yomon o'ynadik. Aslida hisob 9:0 bo'lishi kerak edi. Qandaydir mo'jiza tufayli ikkita gol urdik. Biz juda yomon o'ynadik. Bu shunchaki sharmandalik edi".