"Etakchimizning o'ldirilishidan so'ng JCHda qatnasha olmaymiz" - Eron sport vaziri AQSHdagi mundial haqida

  • Mr.NoBoDy 11.03.2026 17:16
  • 841
  • 30

Eron sport vaziri Ahmad Dunyomali mamlakat terma jamoasining 2026 yili AQSHda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatidagi ishtiroki borasidagi munosabatini bildirdi.

"Bizga ikkita urush tiqishtirildi"

Vazirning so'zlariga ko'ra, so'nggi siyosiy voqealar va yo'qotishlar jamoaning turnirga borishini imkonsiz qilgan:

"Korrupciyaga botgan hukumat tomonidan etakchimiz o'ldirilganidan so'ng, Jahon chempionatida ishtirok etishimiz uchun hech qanday sharoit qolmadi.

Eronga qarshi amalga oshirilgan shafqatsiz harakatlar fonida — sakkiz yoki to'qqiz oy ichida bizga ikkita urush tiqishtirildi va buning oqibatida minglab vatandoshlarimiz halok bo'ldi. Bunday og'ir sharoitda musobaqada qatnashish uchun bizda umuman imkoniyat yo'q", — dedi Dunyomali.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar