
"Superkubokda kim yutadi? Ayni paytda O'zbekistonning ikkita eng kuchli klubi to'qnash keladi. Menda Paxtakor DNKsi bor, lekin bugungi kunda Neftchida mening tarbiyalanuvchilarim ko'proq. Chiroyli futbol bo'lsin va kuchli jamoa yutsin", - deb javob bergan murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Superkubok 15 mart kuni Andijonda bo'lib o'tadi. Unda "Neftchi" va "Paxtakor" o'zaro bahs olib boradi.