
ECHL. "Nyukasl" — "Barselona" 1:1
Gollar: 86 - Xarvi Barns, 90+6 - Lamin Yamal
"Nyukasl": 32. Aaron Ramsdeyl, 2. Kiran Tripper (21. Tino Livramento, 67'), 12. Malik Tshau, 3. Lyuis Xoll, 33. Den Byorn, 8. Sandro Tonali, 7. Joelinton, 41. Jeykob Remsi, 11. Xarvi Barns (28. Jo Uillok, 90+1'), 20. Entoni Elanga (37. Aleks Myorfi, 67'), 18. Uilyam Osula (10. Entoni Gordon, 67').
Zaxira: 1. Nik Poup, 26. Jon Raddi, 58. Eydan Xarris, 4. Sven Botman, 9. Yoan Vissa, 23. Jeykob Myorfi, 27. Nik Voltemade, 62. Shon Niv.
"Barselona": 13. Joan Garsiya, 18. Xerard Martin, 5. Pau Kubarsi, 2. Joau Kanselu, 4. Ronald Arauxo (42. Xavi Espart, 89'), 10. Lamin Yamal, 16. Fermin Lopes (7. Ferran Torres, 89'), 11. Rafinya, 8. Pedri (20. Dani Olmo, 70'), 22. Mark Bernal (17. Mark Kasado, 73'), 9. Robert Levandovski (14. Markus Rashford, 70').
Zaxira: 25. Voycex SHHensny, 31. Diego Kochen, 24. Erik Garsiya, 36. Alvaro Kortes, 6. Gavi, 28. Runi Barji, 43. Tommi Markes.
Ogohlantirishlar: 34 - Sandro Tonali, 68 - Joau Kanselu, 90+4 - Jo Uillok
90+7. O'yin yakunlandi.

90+6. GOL! Yamal penaltini aniq ijro etdi!
90+5. Penalti! "Nyukasl" darvozasi tomon!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
89. Xo'sh, "Barsa"dan qanday yurish ko'ramiz endi?
87. Gol VAR orqali ko'rib chiqildi va hisoblandi.

86. GOL! Barns hisobni ochdi! Havolatib uzatilgan to'pni Xarvi darvozaga yo'llab, gol urdi!
80. Qariyb 15 daqiqalardan beri "Barsa" ijrosida birorta xavfli vaziyat ko'rmadik.
79. Yana xavfli vaziyat "Nyukasyu" ijrosida. Bu safar ham uzatmalardan so'ng burchak zarbasi amalga oshiriladigan bo'ldi.
76. Yana mezbonlar oldinga o'tmoqda, hujumlar xavfli tus olayotganidan "gol hidi" kelmoqda deyish mumkin.

74. "Nyukasl" gol urdi, ammo bu vaziyatda o'yindan tashqari holat borligi malum bo'ldi. To'pni darvozaga Livramento kiritgandi.
69. Myorfi juda qulay vaziyatdan zarba berdi, biroq bu noaniq ketdi.
66. Hujum navbati "Barsa"dan. Levandovskining zarbasi noaniq bo'ldi.
66. Tonalidan ketma-ket ikkita zarba, ammo ikkisi ham darvozaga aniq bormadi.
63. Birinchi bo'limda bo'lgani kabi eks-malumot: ayni vaqtda "Bavariya" 4:0, "Atletiko" esa 5:1 hisobida raqibini yutmoqda.
62. Arauxoning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
59. Nechanchidir marta Elangaga to'p kelib tushdi va yana pasi o'xshamadi.
58. Barnsning darvozaga yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi, bu safar ham to'pni Joan ushlab oldi.
57. Elanga katta tezlikda oldinga o'tdi, yorib kirdi, ammo markazga uzatilgan pasi juda sodda bo'ldi va to'pni Garsiya ushlab oldi.
56. Osulaning zarbasi noaniq bo'ldi.
55. O'yin tempi yuqori emas, bahs asosan maydon markazida o'tmoqda.
50. Elanganing darvoza tomon yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
O'yinning dastlabki bo'limi statistikasi:
To'p nazorati - 44% - 56%
Darvoza tomon zarbalar - 5 - 5
Aniq zarbalar - 2 - 1
Uzatmalar aniqligi - 80% - 83%
Burchak zarbalari - 6 - 3
45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
39. Yana bir pas bo'ldi Elangadan, biroq to'pni darvoza tomon yo'llaydigan futbolchi topilmadi.
36. Ferminning darvoza tomon bergan zarbasi kuchli bo'ldi, ammo to'pni darvozabon ushlab oldi.
27. Yaxshi vaziyat "Nyukasl"da! Elanganing havolatib bergan uzatmasini Osula darvozaga yo'lladi, noaniq bo'ldi.
25. Ushbu uchrashuv bilan birga boshlangan "Atalanta" - "Bavariya" hamda "Atletiko Madrid" - "Tottenhem" uchrashuvlarida allaqachon uchtadan gol urildi. Aniqrog'i, "Bavariya" va "Atletiko" raqiblari darvozasiga uchtadan to'p kiritishdi.

23. Yamalning o'ngdan bergan zarbasini Ramsdeyl qaytardi.
21. Sal qolsa Byorn o'z darvozasiga to'pni kiritib qo'yishi mumkin edi...
20. Endi kataloniyaliklar sekin-asta to'p nazoratini o'z qo'liga olishga harakat qilmoqda.
16. Xavfli vaziyat! Elanganing zarbasini Garsiya qaytardi!
10. Elanga havolatib uzatilgan to'pni jarima maydonchasi jarima maydonchasi tomon burib yubordi, bu safar Joan Garsiya ushlab oldi.
8. Yana mezbonlar hujumda. Bu safar zarbani Barns berdi, ammo to'p darvozaga aniq bormadi.
6. Osula katta tezlikda oldinga o'tdi, ammo u darvoza tomon yakuniy zarbani bera olmadi.
3. Ilk daqiqalarda temp yuqori. "Nyukasl" faollik ko'rsatmoqda. "Barselona" jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyatlar soni oshmoqda.
1. O'yin boshlandi!
- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni "Nyukasl" — "Barselona" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif etamiz!