
Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bunday katta klub bilan shartnomamni uzaytirganimdan juda xursandman va faxrlanaman. Bu erda yana ko'p yillar qolishim mumkinligidan xursandman.
Men darhol klubning, shuningdek bosh murabbiyning ishonchini his qildim. Shu sabab menga oson bo'ldi. Oilamga ham bu er yoqadi. Biz bu erda deyarli uch yildan beri yashayapmiz, shuning uchun men hamma narsani bilaman. Bu erda ekanligimdan xursandman”, — dedi Gravenberx.
Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, 23 yoshli yarim himoyachi bilan yangi kelishuv 2032 yilgacha mo'ljallangan.