"Lochin" o'rtoqlik o'yinida "BuxDU"ni mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 07.03.2026 22:32
  • 1993
  • 30

Ikki jamoa ham yangi mavsum Pro ligada ishtirok etadi.

Yangi mavsum tayyorgarligi doirasida Qarshi davlat universitetining "Lochin" hamda Buxoro davlat universitetining "BuxDU" jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. 

"BuxDU" stadionida o'tkazilgan mazkur bahsda Qarshining "Lochin" klubi futbolchilari ustunlik qilib, 4:2 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. 

Mazkur jamoalarning har ikkisi ham yangi mavsumda Pro ligada ishtirok etadi. Musobaqaning 1-tur bahslarida "Lochin" jamoasi safarda "TerDU"ga qarshi maydonga tushsa, "BuxDU" klubi "G'azalkent" jamoasi mehmoni bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar