"Boykot? Qanaqa boykot?" Ronaldu mashg'ulotdan surat joylab, hammani tinchlantirdi

  • Mr.NoBoDy 05.02.2026 00:08
  • 508
  • 30

Saudiya Arabistoni davlat investiciya fondi (PIF) siyosatidan norozi bo'lib, o'yinlarni boykot qilayotgani aytilgan Krishtianu Ronaldu nihoyat sukut saqlashni to'xtatdi.

"Al Nassr" yulduzi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga jamoa mashg'ulotidan yangi surat joyladi. Ronaldu surat ostiga klub ranglarini ifodalovchi sariq va ko'k rangli yurakcha emodzilarini qoldirgan.

Nimalar sodir bo'layotgan edi?

Dushanba kuni Ronaldu joriy mavsumda ilk bor Pro-liga doirasidagi o'yinni ("Ar Riyod"ga qarshi, 1:0) o'tkazib yubordi.

Ommaviy axborot vositalarida Krish qishki transfer oynasida tarkib kuchaytirilmagani va fondning boshqa klublarga (masalan, "Al Hilol"ga) ko'proq etibor berayotganidan norozi bo'lib, jamoadan ketishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Biroq yangi surat portugaliyalik hujumchining jamoa bilan birga ekanligini va navbatdagi bahslarga tayyorgarlik ko'rayotganini anglatadi. Ko'rinishidan, Krishtianu va klub rahbariyati o'rtasidagi tushunmovchiliklar barham topgan yoki vaziyat bo'rttirib ko'rsatilgan.

Endi muxlislar juma kuni bo'lib o'tadigan "Al Ittihod"ga qarshi markaziy bahsda Ronalduni maydonda ko'rishlari mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar