
Unda sport jurnalistlari va sobiq futbolchilar ishtirok etishdi.
Reytingni tuzishda to'rtta asosiy mezon: uzoq vaqt davomida barqaror o'yin ko'rsatish, kelajak avlodga tasir o'tkazish (meros), qo'lga kiritilgan sovrinlar va maydondagi namunali xulq-atvor inobatga olingan.
Yakuniy natijalarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" afsonasi Manuel Noyer barcha davrlarning (asrning) eng yaxshi posboni deb topildi! U afsonaviy Janluidji Buffon va Tibo Kurtuani ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
Top-15 darvozabonlar ro'yxati:
1.Manuel Noyer
2.Janluidji Buffon
3.Tibo Kurtua
4.Iker Kasilyas
5.Oliver Kan
6.Petr Chex
7.Edvin van der Sar
8.Faben Bartez
9.Ugo Loris
10.Keylor Navas
11.Yan Oblak
12.Janluidji Donnarumma
13.Dida
14.Alisson
15.Emiliano Martines
Sizningcha, ro'yxat adolatlimi? Siz kimni birinchi o'ringa qo'ygan bo'lardingiz?