
"Espayr" akademiyasi bilan hamkorlik doirasida Qatarda yig'in o'tkazayotgan "Paxtakor" yoshlar jamoasi birinchi nazorat o'yinida maydonga tushdi. Qatar U-20 terma jamoasiga qarshi o'ynagan futbolchilarimiz 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Ushbu yig'inda 2007-2009 yillarda tavallud topganlar ishtirok etishmoqda. Yoshlar jamoasi tarixda birinchi marta xorij yig'iniga yo'l olgan", - deb yoziladi klub malumotida.
