Simeone "Kamp Nou" antirekordchisi

  • Mr.NoBoDy 03.12.2025 13:24
  • 454
  • 30

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Kamp Nou"da g'alabasiz o'yinlar soni bo'yicha rekord o'rnatdi.

Seshanba kuni madridliklar La Liganing qoldirilgan 19-turi doirasida safarda "Barselona"ga imkoniyatni boy berdi (1:3).

Simeone qo'l ostida "Atletiko" "Kamp Nou"da kechgan 17 ta o'yinda g'alaba qozona olmadi – 7 ta durang va 10 ta mag'lubiyat.

Argentinalik mutaxassis "Barselona" uy stadionida g'alabasiz o'yinlar soni bo'yicha murabbiylar orasida rekordchiga aylandi va Xaver Agirre (16 ta o'yin)ni ortda qoldirdi.

Ўхшаш янгиликлар