"Andijon" - "So'g'diyona" 1:1 (Matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 21.09.2025 18:40
  • 504
  • 30

Superliga 22-tur doirasidagi "Andijon" - "So'g'diyona" o'yini boshlandi.

 “Andijon” — “So'g'diyona” 1:1 LIVE

Gol: 65 - Usmonali Ismonaliev, 76 - Samandar Mavlonqulov

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Rasul Fozilov

Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

AVAR hakami: Dildora Rustamova

Komissar: Vladimir Nazarov

"Andijon": 31.Erjan Tokotaev, 2.Abubakir Ashurov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 7.Ismail Akinade (Usmonali Ismanaliev, 58), 9.Saidumarxon Saidnurullaev, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 13.Sardorbek Azimov, 18.Damir Temirov (s), 26.Muhammadkarim Toirov, 27.Kristian Novak, 71.Bektemir Abdumannonov

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 14.Abdurahmon Komilov, 16.Abdurahmon Abdullaev, 21.Asadbek Habibullaev, 41.Muhammadyusuf Mirqodirov, 88.Shoxjahon Yorqinboev, 99.Muhammadali Usmonov

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich (s), 2.Zoir Jo'raboev, 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov, 10.Shoxruhbek Abdurahmonov, 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 19.Javohir Qahramonov, 32.Nodirjon Soyibov, 33.Sardor Rahmonov, 70.Jasurbek Jaloliddinov

Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 5.Behruz Jumatov, 9.Samandarjon Mavlonqulov, 18.Oybek Nurmatov, 28.Stanislav Andreev, 42.Sardorbek Erkinov, 99.Umidbek Sultonov

Ogohlantirish: 60 - Ismail Akinade


YANGILASH



79. Mavlonqulov hisobni o'zgartirishi mumkin edi, biroq o'z imkoniyatidan foydalana olmadi

76. GOOOL. Samandar Mavlonqulov raqib himoyachilaridan ajoyib o'tdi va zarba yo'llab, hisobni tenglashtirdi

65. GOOOL. Qanotdab etkazib berilgan to'pga Usmonali Ismonaliev bosh bilan zarba yo'llab hisobni ochdi

63. Jo'raboev yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi. Dorievning zarbasini Erkan qiyinchilik bilan qaytardi

60. Ismail Akinadega sariq kartochka ko'rsatildi

58. Jo'raqo'zievning o'rniga Ismonaliev maydonga tushdi

56. Hammasi joyida. Uchrashuv davom ettirilmoqda. Mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Mitrovich yaxshi harakat qildi

54. Jo'raqo'zievning zarbasi Rahmonovning qo'liga tegmoqda. Hakam VARni tinglamoqda

49. Muhamadkarim Toirovning uzoqdan yo'llagan zarbasi Jaloliddinovga tegib, burchakka chiqib ketdi

48. Dorievning zarbasini Erkan ushlab oldi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

39. Mezbonlar birinchi bo'limni ancha faol o'tkazishmoqda. "Andijon"ning xavfli hujumini raqib himoyachilari qiyinchilik bilan bartaraf etdi

35. Yana imkoniyat, yana noaniq. Jo'raqo'zievning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

34. Mezbonlarda navbatdagi imkoniyat. Bu safar Akinadening zarbasiga aniqlik etishmadi

32. Mehmonlarning himoyasidagi qo'pol xatosidan mezbonlar foydalana olmadi. Jo'raqo'ziev darvozabon va himoyachidan ildamroq harakat qildi va to'pni Abdumannonovga uzatdi. Biroq Bektermir bo'sh darvozani aniq nishonga ola bilmadi

26. Hondamir Mustafoqulovning zarbasini Erjan qiyinchiliksiz ushlab oldi

16. Uchrashuv ancha hujumkor davom etmoqda. Saidnurullaevning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

13. Mitrovichdan ajoyib seyv. Ismaxel Akinade qanotdan yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi. Jo'raqo'zievning aniq zarbasini mehmonlar darvozaboni qiyinchilik bilan qaytardi

12. Bu safar Qahramonov uzoqdan o'z omadini sinab ko'rdi. Javohirning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. Hozircha jamoalar o'z omadlarini uzoqdan yo'llangan zarbalar orqali izlashmoqda

8. Toirov mezbonlarning ilk zarbasini amalga oshirdi. Uzoqdan yo'llangan kuchli zarbaga aniqlik etishmadi

8. Doriev ilk zarbasini amalga oshirdi. To'pni Tokotaev qiyinchilik bilan bartaraf etdi

UCHRASHUV BOSHLANDI

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar