«Real» va «Barselona» xorvat iqtidori uchun raqobatlashadi

  • Mr.NoBoDy19.02.2026 22:52
  • 9
  • 30

«Real» «Tottenxem»ning xorvatiyalik himoyachisi Luka Vushkovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Hozirda futbolchi ijara asosida «Gamburg» sharafini himoya qilmoqda. Madridliklar himoya chizig‘ini elita darajasidagi iqtidorlar bilan yoshartirishni maqsad qilgan. Florentino Peres jamoada sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish niyatida. Bu yerda asosiy g‘oya — Vushkovichning narxi yanada ko‘tarilib ketmasdan turib, bu transferni amalga oshirish hisoblanadi.

Biroq, «Tottenxem» himoyachining ketishiga osonlikcha yo‘l qo‘ymoqchi emas. Londonliklar o‘z qo‘llarida qanday ulkan potensial mavjudligini yaxshi bilishadi va sotuv variantini faqat juda yuqori summadagi taklif tushsagina ko‘rib chiqishlari mumkin. Shuningdek, Luka Vushkovich xizmatlariga «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda.

Ўхшаш янгиликлар