7 yanvar kuni «Bunyodkor»ga o‘tgan Ahmadaliyev qishning o‘zida OKMKga qaytdi

  • Mr.NoBoDy19.02.2026 21:26
  • 6
  • 30

7 yanvar kuni "Bunyodkor" bilan shartnoma imzolagan Dilshodbek Ahmadaliyev kelishuvni bekor qilib yana sobiq jamoasi OKMKga qaytdi.

«OKMK futbol klubi jamoaning ko‘p yillik shakllangan o‘yin uslubini saqlab qolish va o‘ng qanotdagi taktik ustunlikni yanada oshirish maqsadida, tajribali himoyachi Dilshodbek Ahmadaliyevni o‘z safiga qaytardi.

Jamoaning yangi mavsum oldidan shakllantirilayotgan tarkibini yanada kuchaytirish, himoya chizig‘ida barqarorlikni ta’minlash hamda futbolchining ko‘p yillik tajribasini inobatga olgan holda, klub rahbariyati va futbolchi o‘rtasida qayta muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Dilshodbek Ahmadaliyev yana "konchilar" safida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. OKMK FK va mahoratli futbolchi o‘rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.

Ma’lumot o‘rnida, Dilshod Ahmadaliyev 2021 yildan buyon jamoamiz sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqtga qadar OKMK libosida 146 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning jamoa tizimini mukammal bilishi va ko‘p yillik fidoyiligi yangi mavsum oldidan murabbiylar shtabi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi», - deyiladi "konchilar" xabarida.

Ўхшаш янгиликлар