
«Levante» markaziy hujumchisi Etta Eyong Moskvaning SSKA klubi taklifini rad etdi. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Levante» «armiyachilar»ning 30 million yevrolik taklifini qabul qilishga tayyor edi, biroq 22 yoshli kamerunlik futbolchining o‘zi Rossiyaga borishni istamadi. Ta’kidlanishicha, Eyong mavsumni «Levante»da yakunlab, so‘ngra kuchliroq Yevropa klubiga o‘tishni xohlaydi.
Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida Eyong 22 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 6 bor ishg‘ol qildi va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Transfermarkt portali mutaxassislari hujumchining narxini 20 million yevroga baholamoqda.