Iroq. Sherzod Temirovning jamoasi ishtirokidagi o'yin 14-daqiqadayoq tugadi

  • Mr.NoBoDy 27.11.2026 21:56
  • 66
  • 30

Iroq chempionatida "Zaxo" va "Karbalaa" o'rtasidagi uchrashuv mehmonlar jamoasi maydonda olti nafar futbolchi bilan qolgani sababli 14-daqiqadayoq yakunlandi.

“Karbalaa” moliyaviy muammolar tufayli uchrashuv uchun qaydnomaga atigi etti nafar futbolchini kiritgan. Uchrashuvning 14-daqiqasida ulardan biri jarohat oldi va maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

Reglamentga ko'ra, jamoa maydonda olti nafar futbolchi bilan o'yinni davom ettirishi mumkin emas. Shu sababli uchrashuv erta yakunlandi va “Zaxo” uchun 3:0 hisobidagi texnik g'alaba yozildi.

Bu vaqtga kelib, “Zaxo” 2:0 hisobida g'alaba qozonayotgan va ilk golga Sherzod Temirov assist bo'lgandi.

Ўхшаш янгиликлар