
Eslatib o'tamiz, "Barselona" yarim himoyachisi La Liga 13-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi bellashuvda (3:2) zaxira o'rindig'ida o'tirgan holda "ko'k-anorranglilar" vingeri Entoni Gordonga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun penalti belgilanmaganiga etiroz bildirgani sabab to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan edi. Uchrashuv qaydnomasida Ferminning maydondan chetlatilishiga zaxira hakamiga qarata aytgan "Aralashma!" degan gapi sabab bo'lgani qayd etilgan.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) musobaqalarni o'tkazish qo'mitasi 23 yoshli futbolchini Ispaniya chempionatining ikkita o'yiniga chetlatish to'g'risida qaror qabul qildi. Shu tariqa, u "Deportivo" va "Atletiko"ga qarshi bahslarda ishtirok eta olmaydi.