"Liverpul" murabbiyi Iraola: "Bundan ham ko'proq gol urishimiz mumkin edi"

  • Mr.NoBoDy 23.11.2026 01:08
  • 18
  • 30

"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola Angliya Premer-ligasi 11-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvdagi (4:0) g'alaba xususida fikr bildirdi.

Bahs Liverpuldagi "Enfild" stadionida bo'lib o'tdi. Unda Semyuel Barrott bosh hakam sifatida ishladi.

"Buni juda muhim g'alaba deb hisoblayman, "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlar doimo keskin kurashlar ostida kechadi. Undan zavqlanishga haqlimiz. Premer-ligada xursand bo'lish uchun kamdan-kam imkoniyat tug'iladi, hatto g'alaba qozongan taqdiringda ham ko'proq qiynalasan. Bu safar tanaffusdayoq biroz xursand bo'lishga ulgurdik, ikkinchi bo'limda esa bor e'tiborimizni xavfli vaziyatlar yaratishga qaratdik.

Bizga yanada ko'proq g'alabalar va ochkolar, ayniqsa uy uchrashuvlarida kerakligiga hali ham ishonchim komil. Safarda yomon o'ynamayapmiz, biroq "Enfild"da ma'lum darajada ochko yo'qotishlarimiz bor. Bu yerda Chempionlar Ligasi va Liga kubogida ajoyib harakat qilyapmiz. Chempionatning katta o'yinlarida esa bizga nimadir yetishmayotgan edi.

"Manchester Siti" va "Arsenal"ga imkoniyatni boy berdik, ammo o'sha bahslarda jamoamiz yomon o'ynadi deb ayta olmayman. Uy o'yinlaridagi ko'rsatkichlarimizni yaxshilash niyatidamiz va bugungi g'alaba juda muhim. Bundan ham ko'proq gol urishimiz mumkin edi, bugun bir nechta yaqqol golli vaziyatlarni qo'ldan chiqardik. Avvalgi uchrashuvlarimizda ham shunday holatlar kuzatilgandi, bugun esa o'yinni to'liq nazorat qildik va barcha voqealar raqib jarima maydonchasi atrofida kechdi.

4:0 hisobi biz uchun turnir jadvali nuqtayi nazaridan ham, o'zimizga bo'lgan ishonchni oshirish jihatidan ham yaxshi natija. Biz shu yerda - o'z uyimizda yanada yaxshiroq natijalarga erishishga harakat qilamiz", - deya Iraolaning so'zlaridan iqtibos keltiradi BBC Sky Sports'ga tayanib.

Ўхшаш янгиликлар