
Avgust oyida myunxenliklarning 23 yoshli yarim himoyachisi ketma-ket ikkita o'yinda o'zini yomon his qilgan, unga tibbiy yordam ko'rsatilgan va zaxiraga olingan edi. Germaniyalik futbolchi o'zida nevrologik disfunksiya oqibatida yuzaga kelgan, qisqa muddatli, biroq oson davolanadigan absanslar (qisqa vaqt hushni yo'qotish holatlari) aniqlanganini ma'lum qilgandi. Noyabr oyi boshida klub faxriy prezidenti Uli Hyoness: "Biroq u qachondir yana avvalgidek o'yin darajasiga chiqa olarmikan..." - deya takidlagan edi.
Keyinchalik Drezen Hyonessning so'zlariga munosabat bildirib: "Umid qilamizki, Jamal avvalgi darajasiga qaytadi, aks holda hammasini uning oilasi va agentlari bilan muhokama qilishimizga to'g'ri keladi", - degandi.
Drezen bilan bo'lib o'tgan bugungi uchrashuv davomida "Bavariya" fan-klubi vakillari klubning Musiala atrofidagi vaziyatni qanday hal qilayotgani yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirishdi.
"Men sizlarning etirozlaringizni inobatga olaman. O'zim ham bu borada omma oldida fikr bildirgan edim. Men Ulining (Hyoness) so'zlarini talqin qilishga urindim va u vaziyatga tushunish bilan yondashdi. Biz Jamalga o'zi muhtoj bo'lgan vaqtni beryapmiz va shunday qilishimiz ham shart. Men shunchaki: "Men hech narsa bilmayman va hech narsa gapirmoqchi emasman", - deb tura olmayman. Bu men ataylab fikr bildirishga harakat qilgan mavzu emas edi.
Mening vazifam futbolchiga g'amxo'rlik qilishni taqozo etadi va men Jamalga avvalgi darajasiga qaytishi uchun zarur bo'lgan vaqt berilishini tushuntirishga harakat qildim. Jamalning sportdagi kelajagi nihoyatda muhim, u ajoyib futbolchi. Biroq bizning zimmamizda yana bir mas'uliyat bor - nafaqat o'yinchi, balki klub oldida ham. Xuddi istalgan kompaniyada kimdir o'z majburiyatlarini to'liq bajarishga qodir bo'lmay qolganida bo'lgani kabi.
Bu futbol uchun noyob vaziyat va biz buni boshqarishni o'rganishimiz kerak. Bunday absans holatlari ilgari elita sportida va xususan, futbolda hech qachon uchramagan. Sizlardan bunga tushunish bilan yondashishingizni so'rayman.
Sizlarning xabaringiz shunday: "Gapiring, lekin biroz pastroq ovozda". Menimcha, bu hammaga tushunarli", - dedi Drezen.