Andrey Shipilov: "Shunchaki gol ura olmadik"

  • Mr.NoBoDy 21.11.2026 20:16
  • 73
  • 30

Superliga 28-turdan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Andrey Shipilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi taymda har ikki jamoa taktik futbol namoyish etdi. Taym oxirlarida "So'g'diyona" ustunlik qildi. Biz esa biroz o'zimizni yo'qotib qo'ydik. Hartugul ikkinchi bo'limni yaxshi boshladik, raqib chuqur himoyaga o'tishga majbur bo'ldi. Menimcha, o'yin xatogacha davom etdi. Biz gol ura olmadik va shu zahoti burchak to'pidan gol qabul qildik. Bitta xato qimmatga tushdi. Yigitlarga himoyada va hujumda qanday harakat qilish kerakligini tushuntirgandik. Lekin to'p kiritish bobida omadimiz kelmadi.

- Zaxiradan tushganlar haqida fikringiz qanday?
- Agar sovuqqonlik bilan tahlil qiladigan bo'lsak, Elbek Yo'lchiev bir vaziyatda nima qilib bo'lsa-da gol urishi kerak edi. Shu bois uni almashtirib o'rniga Toma Tabatadzeni tushirdik. Afsuski, Toma ham o'zini ko'rsata olmadi. Iqbol Malikjonovni o'rtaga qo'ydik, qanotda Shohruh Gadoev harakat qildi. Gol urmadikmi demak qayerdadir mexanizm ishlamagan. Bugun yigitlar yomon o'ynadi deya olmayman, hamma bor kuchini berishga harakat qildi. Shunchaki gol ura olmadik. "So'g'diyona" bugungi bahsni omadli o'tkazdi. Bitta gol bahs taqdirini hal qildi.

Ўхшаш янгиликлар