
Jahon chempionatining 1-turida Kot-d’Ivuar bilan bahsda 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugundan 2-turdagi raqib Panama bilan bahsga tayyorgarlikni boshladi.
Afsuski kechagi bahsda jarohat olgan ikki nafar futbolchi Muhammad Hakimov va Adis Abdunabiev bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etishmadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Panama uchrashuvi 23 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
















