U-17 JCH. 105 daqiqa davom etgan uchrashuvda O'zbekiston Kot-d'Ivuarga mag'lub bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 20.11.2026 23:08
  • 42
  • 30

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining U-17 Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvi yakunlandi.

Kot-d'Ivuar U17 – O'zbekiston U17 2:1

Gollar: 7 - Yuber Yao, 51 - Muhammad Hakimov, 89 - Abass Diarrasuba

Kot-d’Ivuar U17: 1. Jibril Keyta, 20. Mori Dumbiya (13. Leo Gnaore, 90+4), 4. Abdul Abduraman, 5. Kudugnon Drebo, 15. Anj Zoko, 8. Hamza Kulibali, 14. Yusuf Diabate (11. Giyom Kede, 67’), 2. Abdul Dumbiya, 7. Harafat Diabate (18. Abass Diarrasuba, 67’), 10. Yann Sisse (3. Saliya Traore, 83’), 9. Yuber Yao.

Zaxira: 16. Beonao Ta, 21. Perrik Konan, 17. Elonim Tie Zon, 19. Kuassi Koffi, 6. Allassan Ture, 12. Aziz Diabagate.

O'zbekiston U17: 1. Olimjon Shomurodov, 17. Jahongirmirzo O'ktamboev (16. Adis Abdunabiev, 46’ (5. Muhammadaziz Ro'ziboev, 83’)), 13. Mirjamol Anvarov, 4. Muhammad Hakimov, 3. Abubakir Rahimov, 10. Mirkomilbek Murodov (6. Muhammadjon Mamatov, 74’), 8. Islom Ravshanov, 19. Ahrorbek Ravshanbekov (18. Habibulloh Tohirov, 70’), 7. Amirxon Erkinov, 11. Suhrob Sadirjonov (20. Laziz Abduraimov, 46’), 9. Asilbek Aliev.

Zaxira: 12. Mehrojbek Sirojiddinov, 21. Abdulboriy Zoidjonov, 2. Mashhurbek Abdusoliev, 14. Muhammadodilxon Orifxonov, 15. Nurmuhammad O'ktamov.

Ogohlantirishlar: 42 - Kudugnon Drebo, 48 - Ahrorbek Ravshanbekov, 53 - Yann Sisse, 61 - Yuber Yao, 61 - Muhammad Hakimov, 62 - Abdul Abduraman

90+15. O'yin yakunlandi.

90+4. Burchakdan uzatilgan to'pni Muhammadaziz Ro'ziboev bosh bilan darvozaga yo'lladi, biroq raqib posboni seyv ko'rsatdi…

90+3. Qo'shimcha daqiqalarning katta qismi raqib futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilishi bilan o'tdi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi. Olg'a, yigitlar!

90. So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborish odati hamon bor…

89. GOL! Diarrasuba hisobni oshirdi. Yana chapdan hujum, erlatib uzatilgan to'pni Abass darvozaga joylab qo'ydi.

87. Kot-d'Ivuarliklar chapdan hujum uyushtirishdi: markazga uzatilgan to'pni himoyachilarimiz qaytarib yuborishdi.

83. Oxirgi daqiqalarda hujumlar soni kamaydi.

73. Habibulloh Tohirovning zarbasini raqib posboni bartaraf eta oldi!

67. Sisse birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvozaga zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi.

62. Havolatib uzatilgan to'pni kot-d'Ivuarlik futbolchi darvozaga yo'lladi, noaniq bo'ldi.

61. Yao va Hakimovga sariq kartochka ko'rsatildi.

60. VARda muloqot hamon davom etmoqda. Sariq yoki qizil, kuzatamiz?

58. Futbolchimizga nisbatan qo'pollik ishlatildi, raqib uni urib yubordi. VARda qizil kartochka ehtimoli ko'rilmoqda.

56. Asilbek Alievning jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

51. Endi o'yin harorati yanada ortishi aniq!

2026-11-20 22.21.26.jpg2026-11-20 22.21.28.jpg

50. GOOOOOOL! Muhammad Hakimov hisobni tenglashtirdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Hakimov bosh bilan darvozaga “mixlab” qo'ydi!

50. Laziz Abduraimov bir himoyachini aldab o'tib, darvoza tomon zarba berishga shaylandi, biroq raqib himoyachilari yaxshi harakat qilib, to'pni unda olishdi.

49. Terma jamoamiz vakillari bo'limni faol boshladilar.

46. O'zbekiston yoshlari bo'limni ikkita o'zgarish bilan boshlamoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. Mirkomilbek Murodovnig jarima zarbasidan uzatgan to'pi to'g'ri raqib posboni qo'liga borib tushdi.

41. Yaoning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

38. Ushbu vaziyatda o'zbekistonlik futbolchi raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgan bo'lishi mumkin. Holat VARda ko'rildi, penalti yo'q deb topildi.

37. Kot-d'Ivuarliklardan tezkor qarshi hujum bo'ldi, o'ngdan uzatilgan to'pga afrikalik futbolchi zarba berolmadi.

35. Mirkomilbek Murodovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

31. Jarimadan uzatilgan to'pga futbolchilarimizdan hech biri zarba bera olmadi.

29. Vakillarimizning chapdan uzatayotgan to'plarini birinchi bo'lib raqiblar himoyachilari qaytarib yuborishyapti.

24. Futbolchilarimizdan biri raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo hakam ushbu vaziyatda o'yin qoidasi buzilmaganini bildirdi.

20. Oxirgi daqiqalarda vakillarimizdan hujumlar ko'paydi.

12. Sissening chap o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini darvozabonamiz Shomurodov bartaraf etdi.

10. Yana bir hujum tashkil etildi kot-d'Ivuarliklar tomonidan, bu gal himoyachilarimiz bartaraf etishdi.

8. Vakillarimizdan endi faollik kutamiz.

7. GOL! Yao hisobni ochdi.

5. Kot-d'Ivuarliklar hujumlarga intilmoqda.

4. Ilk daqiqalarda to'p nazorati afrikaliklarda bo'lib turibdi.

1. O'yin boshlandi.

2026-11-20 21.18.36.jpg2026-11-20 21.18.42.jpg2026-11-20 21.18.45.jpg

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni U-17 Jahon chempionati 1-tur uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Ўхшаш янгиликлар