
Assalomu alaykum hammaga. Birinchi navbatda, ob-havo sovuq bo'lishiga qaramasdan bizni stadionda kelib qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. O'yin oldidan o'zi shiddatli o'tishi ma'lum edi, baribir vodiy derbilari doim shunday tarzda o'tgan. Bugun ham o'yinda nima deydi, haqiqiy maydonda jang bo'ldi. Afsuski, o'sha o'yin boshidagi qizil kartochka o'yinga tayyorlagan barcha rejalarimizni o'zgartirib yubordi. Lekin shunga qaramasdan, futbolchilarga rahmat aytaman, ular oxirigacha kurashishdi. O'n kishi qolganimizda ham baribir o'yin ritmi buzilib kyetmadi. To'g'ri, qayerdadir koncentraciyani yo'qotdik, lekin shunga qaramasdan oxirigacha kurashdik. Buning uchun yigitlarga rahmat aytaman.
Bugungi hakamlikka fikringiz qanaqa? Qizil kartochka, umuman hakamning o'yinni boshqarishiga?
O'tgan safar ham aytganman, bir marta gapirganman, o'sha butun umrga etadi.
Yani bugungi o'yindagi hakamlik haqida fikr bildirmaysiz?
Yo'q, o'sha gapirganim butun umrga etadi.

Biroz oldinroq jamoangizning chempionlik yo'lidagi raqobatchisi Toshkent derbisida ishtirok etdi va mag'lubiyatga uchradi. Shu o'yinning natijasidan xabardor bo'lib bordingizlarmi o'yin davomida? Chunki so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yubordi va "Paxtakor" mag'lubiyatga uchradi. Bu narsa jamoaga xotirjamlik bag'ishlashi kerak edi, lekin maydonda buning aksi bo'ldi.
Albatta, buni kiyinish xonasiga kirganda bundan xabardor bo'ldik. Lekin bu raqibimiz qanday o'ynashi bizning o'yinimizga ta’sir qilmasligi kerak edi. Afsuski, o'sha ikkinchi taymda aytyapman-ku, baribir o'n kishi qolib "Navbahor"ga qarshi o'ynash qiyin, bo'lib ham Namanganda. Va o'sha oddiy holatlarda gollar qo'yib yubordik. Bu narsa jamoaga katta zarba bo'ldi.
"Neftchi" jamoasini 23 noyabr kuni ham muhim uchrashuv kutib turibdi. Futbolchilar ruhan ushbu uchrashuvga tayyor bo'lib ulgurishadimi?
Endi yana bitta jiddiy raqib kutib turibdi. Raqib Osiyodagi eng yaxshi jamoalardan biri, juda kuchli raqib. Oson o'yin kutmayapmiz biz. Hozir nima deydi, albatta harakat qilamiz maksimal darajada. Oldimizda ikki kun vaqt bor va bu kun davomida jamoaning o'sha ruhiy holatini, jismoniy holatini tiklashga va to'g'ri xulosalar chiqarib, oldimizda turgan raqibni mag'lubiyatga uchratish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
Avvalambor sizga va jamoangizga bugungi o'yin uchun minnatdorchilik bildiramiz. Endi albatta qizil kartochka sizning jamoangizning taktik rejasiga ta’sir qilgan deb o'ylayman. Lekin nima bo'lganda ham mana ikki tur o'yin qoldi. "Neftchi"ni chempionlik bilan tabriklaymiz. Mana keyingi o'yiningizni "Al-Hilol" bilan o'ynaladiyu Xudo xohlasa "Al-Hilol"ni Farg'onada yutamizmi? Chunki butun O'zbekiston "Neftchi"ga muxlislik qiladi va bu o'yinda omad tilaymiz.
Tilaklaringiz uchun rahmat. Lekin beshta tur oldin ham bizni chempionlik bilan deyarli tabriklashgandi, hali ham chempion bo'lganimiz yo'q. Shuning uchun rasman bu chempionlikni qo'lga kiritmagunimizgacha chempion deb e'lon qila olmaymiz. "Al-Hilol" yutishimiz shart bo'lgan o'yinlardan bittasi, chunki keyingi bosqichga chiqishni xohlasak, albatta g'alaba qozonishimiz kerak. Shuning uchun, Xudo xohlasa uyda g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.
"Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin mikst-zonada jurnalistlarning savollariga javob berganingizda, yani o'sha o'zingiz aytganday, chempionlik bilan tabriklashganda hali oldinda qiyin o'yinlar turibdi deb, o'shanda "Bunyodkor"ga qarshi, adashmasam "Dinamo"ga qarshi, hattoki "Mashal"ga qarshi o'yinlarni ham qiyin uchrashuvlar deb sanab o'tgandingiz, lekin bugungi o'yinni tilga olmagandingiz. Bunga sabab nima edi? "Navbahor"ni o'sha oson yutib olaman deb o'ylaganmidingiz yoki yodingizdan ko'tarildimi?
Yo'q, u "Navbahor"ni o'zi sanash kerak emas edi, u shundoq ham qiyin raqib-ku.