Dani Alves: "Qamoqda o'zimni futbolda millionlar ishlab topgan paytimdan ko'ra baxtliroq his qildim"

  • Mr.NoBoDy 20.11.2026 19:24
  • 72
  • 30

"Barselona" va Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Dani Alves hibsda saqlangan vaqtida o'zini futbol o'ynab yurgan yillaridan ko'ra baxtliroq his qilganini ma'lum qildi.

"Men Xudo va futbol tufayli millionlab evro ishlab topdim, ammo qamoqda 113 evro olib, futbolda millionlar topgan paytimdan ko'ra baxtliroq edim", – deya Alvesning so'zlarini keltiradi “Goal”.

43 yoshli braziliyalikning aytishicha, u qamoqdalik paytida xonalarni tozalash bilan shug'ullangan.

2023 yil yanvar oyida Alves jinsiy zo'ravonlikda ayblanib hibsga olingandi. 2024 yil fevral oyida u 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. O'sha yilning mart oyida esa taxminan 14 oy hibsda o'tirganidan so'ng 1 million evro garov evaziga ozodlikka chiqdi.

2025 yil mart oyida Kataloniya Oliy sudi ayblov hukmini bekor qildi va Alvesni oqladi. Braziliyalik futbolchi faoliyati davomida "Barselona" bilan uch marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan va ikki bor Amerika Kubogi sohibiga aylangan.

Ўхшаш янгиликлар