Yamal Angliyaga qarshi o'yinda 10-raqamni oladi

  • Mr.NoBoDy 15.11.2026 16:32
  • 242
  • 30

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal Angliyaga qarshi bahsda odatdagidan boshqa raqam ostida maydonga tushadi.

Millatlar Ligasi 6-turidan o'rin olgan ushbu uchrashuv "Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi. Bellashuv 16 noyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da start oladi.

Odatda 10-raqamli libosda harakat qiladigan Dani Olmo jarohat olgani bois, ushbu raqam Yamalga topshirildi.

"Barselona" futbolchisi 2024 yilda ham Ispaniya terma jamoasining Daniyaga qarshi uchrashuvida 10-raqam ostida to'p tepgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar