Yaponiya qöşib berilgan daqiqalarda Braziliya ustidan ğalabani qölga kiritdi

  • Mr.NoBoDy 14.11.2026 17:55
  • 101
  • 30

Yaponiya milliy terma jamoasi örtoqlik uçraşuvida Braziliyani 3:2 hisobida mağlubiyatga uçratdi.

Mezbonlar bahsni faol boşlab, 15-daqiqadayoq hisobni oçişdi. Takefusa Kubo Braziliya darvozasini işğol etib, jamoasini oldinga olib çiqdi.

Oradan atigi tört daqiqa ötib, yaponiyaliklar ustunlikni yanada mustahkamlaşdi. Keyto Nakamura ikkinçi golni kiritib, hisobni 2:0 körinişiga keltirdi.

Braziliya terma jamoasi tanaffusga qadar hisobdagi farqni qisqartirişga muvaffaq böldi. 33-daqiqada Vinisius Junior gol urib, jamoasiga öyinga qaytiş imkoniyatini taqdim etdi.

75-daqiqada ham Vinisius Junior diqqat markazida böldi. "Real" hujumçisi ikkinçi golini kiritib, hisobni tenglaştirdi — 2:2.

Biroq uçraşuvning qöşib berilgan daqiqalarida Yaponiya terma jamoasi ğalabani öz foydasiga hal qildi.

Şu tariqa, Yaponiya Braziliyani 3:2 hisobida mağlubiyatga uçratdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar