Zidan: "Italiyaliklar juda yaxshi o'yin ko'rsatishga qodir, ayniqsa, himoyada"

  • Mr.NoBoDy 12.11.2026 19:48
  • 1882
  • 30

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi Italiyaga qarshi o'yin oldidan italiyaliklar bilan kechgan ilk bahsni (1:1) esladi.

"Italiyaga qarshi birinchi o'yin biz uchun oson kechmagandi. Italiyaliklar juda yaxshi o'yin ko'rsatishga qodir ekanini bilamiz, ayniqsa, himoyada. Men "Yuventus"da to'rt yoki besh yil o'ynaganman va italiyalik murabbiy uchun birinchi o'rinda himoya, undan keyin esa hujum turishini yaxshi bilaman. Bu borada italiyaliklar haqiqatan ham juda kuchli", – deya Zidanning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

O'yin payshanba, 12 noyabr kuni Milanda bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 13 noyabrga o'tar kechasi soat 00:45 da start oladi. 15 noyabr kuni esa Fransiya 6-tur doirasida Turkiyani qabul qiladi.

Ўхшаш янгиликлар