OFK “Neftchi” klubini 3600 dollar jarimaga tortdi

  • Mr.NoBoDy 06.11.2026 20:16
  • 86
  • 30

Osiyo futbol konfederatsiyasi Tartib-intizom va etika qo'mitasi Farg'onaning “Neftchi” klubiga nisbatan moliyaviy jazo qo'lladi.

Qo'mitaning yangi qarorlar ro'yxatiga ko'ra, 12 oktyabr kuni o'tkazilgan Elit Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining “Al Nassr” – “Neftchi” uchrashuvida Farg'ona klubining 5 nafar vakili hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.

Shu sababli “Neftchi” OFK Tartib-intizom va etika kodeksining 53.1-moddasi – “Jamoaviy tartibsizlik” bo'yicha 3600 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq aynan shu uchrashuvdagi qo'pol harakati uchun “Neftchi” yarim himoyachisi Ikromjon Aliboev ham jazolangan edi. O'zbekistonlik futbolchi ikki o'yinga diskvalifikaciya qilinib, 2000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilgan.

Shu tariqa, “Al Nassr”ga qarshi bahsdagi intizomiy qoidabuzarliklar uchun Farg'ona klubi va uning futbolchisiga belgilangan jarimalarning umumiy miqdori 5600 AQSH dollariga etdi.

Ma'lumot uchun, 12 oktyabr kuni Ar-Riyodda o'tkazilgan uchrashuvda “Neftchi” “Al Nassr”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Ўхшаш янгиликлар