Afsonalar izidan: "Paxtakor" 3 ta yosh toifasida oltin oldi

  • Mr.NoBoDy 06.11.2026 17:32
  • 198
  • 30

O'zbek futbolida Toshkent shahar chempionatining o'rni beqiyos.

Gennadiy Krasnickiydan tortib Mirjalol Qosimovgacha, Aleksandr Geynrixdan to Abbosbek Fayzullayevgacha. Ularning barchasi bahorda boshlanib, kuzning so'nggi oyida yakunlanadigan musobaqalarda toblangan.

Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi 3 yosh toifasida musobaqalar tashkil etadi. "Paxtakor" jamoalari esa bu mavsumda quyidagi natijalarni qayd etdi.

1. Kattalar o'rtasidagi 2-liga

"Paxtakor" farm jamoasi PRO Ligada ishtirok etgani sababli klub so'nggi ikki yildan buyon ushbu musobaqada qatnashmayapti.

2. Yoshlar ligasi

Ushbu musobaqada 25 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirok etadi. "Paxtakor" esa 17 yoshli futbolchilari bilan maydonga tushdi.

3. U-13, U-14, U-15 va U-16 musobaqalari

Yoshlar ligasida Otabek Mansurov va Aziz Talxatov chempionlikni qo'lga kiritishdi. Shuningdek, PFL Ligasida ketma-ket ikki mavsum chempion bo'lgan U-19 jamoa yana finalga yo'llanma oldi.

Eng asosiy musobaqa - bolalar futbolidagi Toshkent shahar chempionatida "Paxtakor" 4 yosh toifasidan 3tasida chempionlikni qo'lga kiritdi.

Bular:

- Sarvar Haydarov bosh murabbiyligidagi 2010 yilda tug'ilgan futbolchilar;

- Rahmatulla Muhammadrahimov bosh murabbiyligidagi 2011 yilda tug'ilgan futbolchilar;

- Pavel Purishkin bosh murabbiyligidagi 2013 yilda tug'ilgan futbolchilar.

Aleksey Evstafeevning faoliyatini erta yakunlashi tufayli chempionatni yaxshi boshlagan 2012 yilda tug'ilgan futbolchilar mavsumni ko'ngildagidek yakunlay olmadi.

2014 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi U-12 musobaqasi 9x9 formatida, konkursdan tashqari tarzda o'tkazilgani sababli ushbu yosh toifasidagi asosiy jamoa 2013 yillar musobaqasida tajriba to'pladi.

"Paxtakor" akademiyasi yil sayin o'z ishini yanada yaxshilab, oldinga intilishda davom etmoqda. Endi esa oldinda O'FA Kubogi musobaqasi turibdi.

Yaqinda akademiya jahonning eng yaxshi akademiyalari qatorida umumiy kuchli 50 talikka kirib, MDHda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan edi.

Ўхшаш янгиликлар