
"Barcha bir ovozdan mazkur turga rejalashtirilgan o'yinlar o'tkazilmasligi kerakligini ta'kidladi. Futbolchilar ushbu yo'qotishdan chuqur qayg'uda ekanliklarini bildirishdi hamda hissiy va insoniy omillar ularga musobaqalarda odatdagidek ishtirok etishga imkon bermasligini tushunib turishibdi”, – deyiladi AFE'ning ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida.
2 noyabr kuni Ispaniya chempionatining ikkinchi divizioni doirasidagi "Andorra"ga qarshi uy uchrashuvi vaqtida de Migel raqib darvozaboni Xesus Ovono bilan to'qnashib ketgan, shundan so'ng uning yuragi to'xtab qolgandi. Futbolchi hushini yo'qotgan va birinchi yordam ko'rsatilgach, shifoxonaga olib ketilgan. Seshanba, 3 noyabr kuni u hayotdan ko'z yumdi.
De Migel 30 yoshda edi. U 2025 yilning yozidan buyon "Tenerife" sharafini himoya qilib kelayotgandi.