Muhammadali O'rinboev O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi

  • Mr.NoBoDy 06.11.2026 17:00
  • 145
  • 30

Belgiyaning "Antverpen" klubi hujumchisi Muhammadali O'rinboev O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga chaqiruv oldi.

Bu haqda futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi "Futureball" agentligi xabar berdi.

Manbaga ko'ra, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Belgiya klubi va futbolchining agentligiga milliy terma jamoaga chaqiruv xati yuborilgan.

Shu bilan birga, Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi noyabr oyidagi xalqaro uchrashuvlar uchun yakuniy tarkibni hali e'lon qilmagan.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

12 noyabr kuni vakillarimiz Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bahs soat 20:00 da boshlanadi.

17 noyabrda esa Fabio Kannavaro shogirdlari Qatar poytaxti Doha shahrida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 ga belgilangan.

Ўхшаш янгиликлар