
Bu haqda myunxenliklar klubi boshqaruvining sport bo'yicha a'zosi Maks Eberl ma'lum qildi. Tibbiy xodimlar 40 yoshli belgiyalik mutaxassisda miya pardalarining ta’sirlanish tashxisini qo'ygandi.
"Shifokorlar gap aynan nimada ekanini aniq belgilab olishdi. O'tgan juma kuni sodir bo'lgan hodisa miya pardalarining ta’sirlanishi sababli yuz bergan. Men Vensan juda, juda yaqin orada 100 foiz tayyor holda maydon chetida jamoani boshqarishga qaytishiga juda ishonaman", - deydi Eberlning so'zlarini Bayern & Germany ijtimoiy tarmoqlarda.