«Real Madrid» TV Keynga «Oltin to‘p» topshirilganiga munosabat bildirdi

  • Mr.NoBoDy 27.10.2026 11:55
  • 62
  • 30

“Real” klubi telekanali Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Harri Keynning “Oltin to‘p” mukofoti g‘olibi bo‘lganiga munosabat bildirdi.

"Marca" gazetasida keltirilgan bayonotda shunday deyiladi:

“Bavariya” futbolchisi va Angliya terma jamoasi vakilini g‘alaba bilan tabriklaymiz. Keyn — ajoyib futbolchi, uning faoliyati esa hayratlanarli darajada kechmoqda.

Kilian Mbappega kelsak, uning ham hali o‘z imkoniyati bo‘ladi. Ushbu sovringa da’vogarlik qilish uchun asoslari bor edi, ammo Harri munosib g‘alabaga erishdi».

Harri Keyn faoliyatida ilk bor “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi. “Real” hujumchisi Kilian Mbappe ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egalladi, “Barselona” vakili Lamin Yamal esa kuchli uchlikni yakunladi.

Ўхшаш янгиликлар