
Harri Keyn 45 yil ichida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan “Bavariya”ning birinchi futbolchisi bo‘ldi. Angliyalik hujumchi ovoz berish natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni egallab, “Real” o‘yinchisi Kilian Mbappe va “Barselona” a’zosi Lamin Yamalni ortda qoldirdi.
Oxirgi marta “Bavariya” futbolchisi 1981 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan edi, o‘shanda mukofot Karl-Xayns Rummeniggega berilgan. Undan avval esa mazkur sovrinni “Bavariya”dan Gerd Myuller (1970) va Frans Bekkenbauer (1972 va 1976) olgan.
Keynning “Oltin to‘p”i Germaniya Bundesligasi tarixidagi 10-sovrin bo‘ldi. Ushbu mukofotni faqat ikki liga o‘yinchilari ko‘proq qo‘lga kiritishgan. Mukofotni Italiya A Seriyasi o‘yinchilari 18 marta va Ispaniya La Ligasi o‘yinchilari 24 marta qo‘lga kiritishgan.
Keyn shuningdek, 30 yil ichida Bundesliganing birinchi “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi.