Keyn va Mbappening «Oltin to‘p» uchun ovoz berishdagi ochkolari o‘rtasidagi farq ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 27.10.2026 08:55
  • 304
  • 30

«Oltin to‘p» sohibi, «Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn hamda «Real» va Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappening ovoz berishda to‘plagan ochkolari o‘rtasidagi farq haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Marca nashri France Football bosh muharriri Vensan Garsiyaga tayanib xabar berishicha, Keyn va Mbappe o‘rtasidagi farq 41 ochkodan kam bo‘lgan. Bu so‘nggi yillardagi eng kichik farqlardan biri hisoblanadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Keyn «Bavariya» bilan Germaniya Superkubogi va Germaniya kubogida g‘olib chiqdi, shuningdek, Bundesliga chempioni bo‘ldi. Angliya terma jamoasi safida esa 2026 yilgi jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

2025 yil avgustidan 2026 yil iyuligacha bo‘lgan davrda hujumchi «Bavariya» va Angliya terma jamoasi safida 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 73 ta gol urdi.

Ўхшаш янгиликлар