
«Real», «Barselona», «Inter», «Milan» va Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo o‘zi qo‘lga kiritgan ikkita «Oltin to‘p» mukofotidan qaysi birini ko‘proq qadrlashini ma’lum qildi.
Braziliyalik afsonaviy futbolchi 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida ishtirok etib, yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Harri Keynga mukofotni topshirdi.
«Men qo‘lga kiritgan ikkala «Oltin to‘p» ham muhim ahamiyatga ega. Ammo ulardan birini tanlashimga to‘g‘ri kelsa, 2002 yilda olgan mukofotimni tanlardim», — dedi Ronaldo taqdirlash marosimida.
Ronaldo ilk «Oltin to‘p»ini 21 yoshida, «Inter» futbolchisi sifatida qo‘lga kiritgan.
Ikkinchi marta esa braziliyalik hujumchi 2002 yilda futboldagi eng nufuzli individual mukofotga sazovor bo‘lgan. O‘sha yili u «Real» safida to‘p surgan, shuningdek, Braziliya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan edi.