
"Barselona" - "Real Madrid" 1:1
Gollar: 41, 87 - Kilian Mbappe, 61 - Rafinya
“Barselona”: 1. Joan Garsiya, 2. Joau Kanselu, 5. Pau Kubarsi, 18. Jerard Martin, 16. Rodri, 8. Pedri, 10. Lamin Yamal, 12. Xavi Espart (3. Aleks Balde, 30’), 7. Fermin Lopes (21. Frenki de Yong, 74’), 17. Entoni Gordon (14. Karim Adeyemi, 86’), 11. Rafinya (9. Gabriel Jezus, 85’).
Zaxira: 13. Voycex SHHensni, 25. Dominik Livakovich, 41. Aleks Kampos, 4. Brayan Farinyas, 6. Gavi, 22. Mark Bernal, 29. Hamza Abdulkarim, 32. Orian Goren.
“Real Madrid”: 13. Andrey Lunin, 16. Ibraima Konate, 17. Mark Kukurelya, 14. Orelen Chuameni, 4. Din Xyoysen, 8. Federiko Valverde (24. Denzel Dumfris, 62’), 5. Jud Bellingem, 25. Yan Diomande (19. Karlos Espi, 90+4’), 15. Arda Gyuler (12. Trent Aleksander-Arnold, 90+4’), 20. Bernardu Silva (6. Eduardu Kamavinga, 80’), 10. Kilian Mbappe.
Zaxira: 26. Serxio Mestre, 3. Eder Militao, 18. Alvaro Karreras, 22. Antonio Ryudiger, 27. Tyago Pitarch, 9. Endrik, 21. Braim Dias, 40. Ilya Voloshin.
Ogohlantirishlar: 46 - Orelen Chuameni, 84 - Entoni Gordon, 90+2 - Mark Kukurelya, 90+4 - Kilian Mbappe, 90+6 - Aleks Balde, 90+6 - Karim Adeyemi
90+8. O'yin yakunlandi!
90+7. Ikki jamoa vakillari bahslashib ketishdi.
90+4. Rodri jarohatlandi chog'i, oyog'i ushlab o'tiribdi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90. Bo'ldi, gol inobatga olindi, hammasi joyida.
89. Ie, stop, holat VARda ko'rilyapti.
88. Dahshatli yakun kutmoqda bizni!

87. GOL! Mbappedan dubl! Kamavinga raqibdan to'pni ajoyib tarzda olib qo'yib, uzatdi, Kilian esa bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi!
83. Yana Yamaldan zarba, to'p Kukurelyaga tegib, maydonni tark etdi.
81. Lamin qulay vaziyatdan to'pni darvozaga tepdi. to'p esa Xyoysenning yuziga tegdi…
78. Yamalning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi…
74. Yamalning zargarona uzatmasiga Rafinya birinchi bo'lib yetib kelolmadi.
71. Ardadan navbatdagi zarba, bunisi erlatib, to'pni Garsiya ushlab oldi.
66. Martinning bosh bilan bergan zarbasini Lunin qaytardi! Super seyv!
65. Rafinyaning zarbasidan so'ng to'p rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.
63. Gyulerning zarbasini Garsiya qaytarib yubordi!
62. Endi buyog'iga o'yin harorati yanada oshadi!

61. GOL! Rafinya hisobni tenglashtirdi! Pedrining uzatmasidan so'ng Rafinya darvozani ishg'ol qildi!
58. Yan maydondan oqsoqlanib chiqib ketmoqda, katta ehtimol o'yinni davom ettiradi.
57. Diomande maydonga yotib oldi, jarohat olgan bo'lishi mumkin.
55. Qarshi hujum navbati maydon egalarida bo'ldi, ammo Rafinya yakuniy zarbani berishda kechikdi.
54. Yana qarshi hujumga o'tdi “Real”, Judning uzatmasidan so'ng to'pga birinchi “Barsa” himoyachisi keldi.
50. Jud va Mbappe qarshi hujumga o'tib ketdi, ikkiga bir vaziyatda Bellingem sherigiga to'pni uzatishga kech qoldi…
49. Lamin o'ngdan yorib kirib, to'pni markazga uzatdi, biroq madridlik himoyachilar yaxshi harakat qilishdi.
46. Bo'limning dastlabki daqiqasidanoq kurash bilan boshlandi. Chuameni Kubarsiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Birinchi bo'limdan keyingi statistika:
xG: 0,65 - 0,92
To'p nazorati: 59% - 41%
Darvoza tomon zarbalar: 9 - 6
Aniq zarbalar: 4 - 2
Burchak zarbalar: 1 - 3
Uzatmalar aniqligi: 89% - 88%
Seyvlar: 1 - 4
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+2. Diomande ham zo'r vaziyatga chiqib bordi, zarba berdi, ammo biroz noaniq…
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44. Gordonning uzatmasidan so'ng Yamal birga-bir qoldi, zo'r vaziyatdan turib o'ta noaniq zarba bermoqda…
42. Nihoyat, gol ko'rdik o'yinda! Endi “Barsa”dan reakciya kutamiz.

41. GOL! Mbappe hisobni ochdi! Diomandening uzatmasidan so'ng Martin to'pni qaytarmoqchi bo'ldi, ammo to'p Kilianga tegib, darvoza to'ridan joy oldi!
40. Oxirgi daqiqalarda kataloniyaliklar o'yin tizginini qo'liga oldi.
34. Gordon juda qulay vaziyatdan zarba berdi, Lunin to'pni qaytardi!
33. Gyulerning uzatmasidan Mbappe akrobatik uslubda zarba berdi, ammo to'p osmon-u-falakka ketdi.
33. Rafinyadan navbatdagi zarba, bunisini erlatib berdi va biroz noaniq bo'ldi.
30. Balde Espart o'rniga o'yinga qo'shildi. Endi Kanselu o'ngga o'tdi, chapdan esa Aleks.

29. Ie, endi Espart maydonga o'tirib oldi. U aniq almashtiriladi.
26. Valverde jarohat olgan bo'lishi mumkin, Dumfris mashg'ulotlarni boshlab yubordi.
26. Gyulyerdan navbatdagi zarba, bu safar to'p rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.
24. Rafinya qulay vaziyatga chiqib turib zarba berdi, birozgina noaniq bo'ldi…
23. Ferminning zarbasi rekoshetga uchrab, to'p Luninga borib tushdi.
22. Rafinyaning zarbasi noaniq ketdi.
20. Temp hozircha o'ta yuqori emas, hujumlar ham xavfli bo'lmapti.
18. Ardaning uzoqdan yo'llagan zarbasini Garsiya qaytarib yubordi…
15. Gordondan navbatdagi zarba, bunda ham to'pni Lunin ushlab oldi.
10. Espart maydon markazida yiqitildi, madridliklar esa bunga etiroz bildirishdi. Bosh hakam va Mourinyoning suhbati bo'lib o'tdi.
7. Gordonning chap tomondan yo'llagan zarbasidan so'ng Lunin to'pni ushlab oldi.
5. Gyuler qulay vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi.
3. Xyoysen to'pni uzatishda xato qilgandi, biroq Yamal ham yaxshi harakat qila olmadi bu vaziyatda.
2. Ilk daqiqalardan to'p nazorati mezbonlarda.
1. El-Klasiko boshlandi!
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Stadionda esa “Barselona” madhiyasi. Muxlislardan ajoyib performans!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Ispaniya La Ligasining 10-turidan o'rin olgan markaziy bahs – "Barselona" - "Real Madrid" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!