iks
ads

"Real" TV Klasiko oldidan hakamlarni "Barsa"ga yordam berishda aybladi: "Anomaliyalar doimo bir tomonga ishlaydi"

  • Mr.NoBoDy 24.10.2026 17:00
  • 781
  • 30

"Real" klub telekanali Klasiko arafasida "Barselona"ga qarshi o'yinlardagi hakamlikni tanqid ostiga oldi.

"2000 yildan beri Klasikoda "Barselona"ning 12 nafar o'yinchisi chetlatilgan bo'lsa, bizda - 23 nafar, deyarli ikki baravar ko'p. Bu anomaliya, ayniqsa, ko'plab vaziyatlarni qayta ko'rib chiqqanda bu yaqqol seziladi. Buskets, Gavi, de Yong qizil kartochka olishmagan, vaholanki, ular bunga loyiq edi.

"Barselona"ning to'rtta goli bekor qilingan, "Real"da esa - 20 ta. Bizning gollarimiz nohaq bekor qilindi, ularnikini esa nohaq hisobga olishdi. Bu - mojaro. Ularning ofsayddan va qoida buzilishlaridan so'ng kiritgan to'plarini inobatga olishgan.

Biz tomon ko'plab penaltilar belgilanmadi. Raqib foydasiga esa hatto simulyaciyalar uchun ham hushtak chalishadi. Klasikodagi hakamlik anomaliyalari doimo bir tomonga qaratilgan. Bizning videolarni tomosha qilish "Real" muxlislarining sog'lig'i uchun zararli - shunchalik ko'p adolatsizlik bor.

Aynan ular [hakamlarga] pul to'lashgan. "Barselona" o'yinchilarining hakamlar bilan muloqoti haqidagi videolarni [qiziqchi] Xose Mota suratga olishi mumkin edi", - deyiladi Real Madrid TV efirida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar