iks
ads

"Neftchi" - "Al-Ittihod" uchrashuvini iordaniyalik hakam boshqaradi

  • Mr.NoBoDy 23.10.2026 00:24
  • 610
  • 30

Iordaniyalik hakam Adham Maxadmeh Elit Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasi doirasidagi Farg'onaning "Neftchi" va "Al-Ittihod" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqaradi.

Bu haqda Saudiya Arabistonining "Hay Kura" nashri xabar berdi.

Uchrashuv 26 oktyabr, dushanba kuni O'zbekistondagi "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs 2026/27 yilgi mavsum Elit OCHLning umumiy bosqichi 3-turi doirasida o'tkaziladi.

Dastlabki ikki turdan so'ng "Neftchi" hisobida uch ochko mavjud: jamoa bir g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etgan. Jidda shahrining "Al-Ittihod" klubi esa G'arb mintaqasi jadvalida bir ochko bilan bormoqda.

Jidda klubi Qatarning "Al Shamal" bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan bo'lsa, BAAning "Al Ahli"siga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan. "Al Ittihod"ni noyabr oyi oxirida "Paxtakorga qarshi o'yin ham kutib turibdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar