iks
ads

The Times nashri FIFA va Infantinodan uzr so'radi

  • Mr.NoBoDy 21.10.2026 12:24
  • 617
  • 30

Britaniyaning The Times nashri FIFA prezidenti Djanni Infantinoning deklaraciya qilinmagan daromadlari haqidagi o'z maqolasiga raddiya e'lon qildi hamda tashkilot va uning rahbaridan uzr so'radi.

FIFA matbuot xizmati The Times bayonotidan parcha keltirdi:

"2026 yil 13 oktyabr kuni sport bo'limida Djanni Infantino FIFAdan tashkilot tomonidan ochiqlanmagan "ikkinchi maosh" olgani haqida xabar bergan edik. Bu takid noto'g'ri. Hech qanday "ikkinchi maosh" bo'lmagan.

Qoidalar FIFAni yillik hisobotda janob Infantino tomonidan olingan xarajatlar va xarajatlar kompensaciyasini ko'rsatishga majbur qilmaydi, chunki Shveytsariya hisobot to'g'risidagi qonunchiligi talablariga muvofiq ular mukofot pulpari (ish haqi) hisoblanmaydi.

Shuningdek, biz janob Infantino biz xabar berganimizdek Mayamida taxmin qilingan arzonlashtirilgan narxda ko'chmas mulk sotib olmaganini tan olamiz. Bizning taxminlarimizga zid ravishda, u yoki uning oila a'zolari Shadi LLC kompaniyasining huquqiy yoki haqiqiy egalari hisoblanmaydi va uni nazorat qilmaydi.

Biz ushbu tuzatishlarni kiritishdan mamnunmiz va yo'l qo'yilgan xatolar uchun janob Infantino hamda FIFAdan uzr so'raymiz", - deyiladi The Times bayonotida.

O'sha xabarda FIFA OAVni tashkilot va uning prezidentiga tegishli materiallarni chop etishda mas'uliyatliroq bo'lishga chaqirdi.

"FIFA avgust oyidayoq takidlaganidek, ayrim shaxslar tashkilot va uning prezidenti obro'siga putur etkazish bo'yicha maqsadli va to'xtatovsiz kampaniya olib borayotgani ko'rinib turibdi.

FIFA OAVni mas'uliyat bilan harakat qilishga va yolg'on hamda obro'sizlantiruvchi ma'lumotlarning chop etilishi va keyinchalik tarqalishiga yo'l qo'ymaslik uchun barcha axborot manbalarini sinchkovlik bilan tekshirishga chaqiradi.

FIFA asosli tanqid va tekshiruvlarni olqishlaydi. Biroq bu yolg'on ayblovlarni tarqatish huquqini bermaydi. Agar nashrlarda noaniq, chalg'ituvchi yoki butunlay yolg'on ma'lumotlar mavjud bo'lsa, ushbu holatda bo'lgani kabi, FIFA ularga nisbatan qatiy va to'g'ridan-to'g'ri etiroz bildirishda davom etadi", - deyiladi FIFA bayonotida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar