iks
ads

Superliga. "Nasaf" so'nggi daqiqada gol urib, "Dinamo"ni mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 09.10.2026 21:32
  • 699
  • 30

Superliga 23-turidan joy olgan bahs yakunlandi.

Superliga. 23-tur

Qarshi. “Markaziy” stadioni. 19:30 

"Nasaf" – "Dinamo" 2:1

Gollar: 80 - Adenis Shala, 83 - Oybek O'rmonjonov, 90+6 - Alibek Davronov

Bosh hakam: Axrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Shohruh Maqsudov

Zaxira hakami: Diyorbek Amonov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Diyor Xotamqulov

“Nasaf”: 1.Abduvohid Ne'matov, 4.Akramjon Komilov (2.Alibek Davronov, 61’), 5.G'olib G'aybullaev, 6.Sardor Bahromov, 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (17.Murod Rahmatov, 61’), 10.Bobir Abdixoliqov (20.Yusuf Otubanjo, 61’), 14.Sharof Muhitdinov (23.Dilshod Murtazaev, 71’), 15.Oybek Rustamov, 70.Abbos G'ulomov (77.Paata Gudushauri, 83’), 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 27.Yashnarbek Berdirahmonov, 32.Quvonch Xushvaqtov, 76.Zafar Sadullaev.

“Dinamo”: 1.Edem Nemanov, 2.Artyom Radaev, 3.Mixail Shtefan, 8.Aziz Amonov (25.Oybek O'rmonjonov, 62’), 10.Anvar Hojimirzaev (21.Jahongirbek Abdusalomov, 88’), 16.Amadu Dumbuya (44.Abdug'afur Haydarov, 88’), 17.Salim Mustafoev, 20.Jaloliddin Jumaboev, 24.Akbar Xudoyberdiev (15.Rasul Yo'ldoshev, 63’), 30.Xaris Xaydarevich (19.Tigran Avanesyan, 63’), 37.Firdavs Abdurahmonov.

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 4.Nurillo To'xtasinov, 26.Marko Stanoevich, 77.Behruzbek Oblaqulov.

Ogohlantirishlar: 56 - Artyom Radaev, 63 - Tigran Avanesyan, 81 - Adenis Shala

90+7. O'yin yakunlandi!

90+7. Ana xolos… so'nggi daqiqalarda “ajdarlar” g'alabani ilib ketmoqda…

90+6. GOL! Davronovdan hisobni oshirdi! Havolatib uzatilgan to'pni Alibek bosh bilan darvozaga mixlab qo'ydi!

90+3. So'nggi daqiqalarda mehmonlar faol, hujumlar soni ortmoqda.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Otubanjoning uzoq masofadan tepgan to'pi raqib futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi.

88. Abdusalomov juda yaqin masofadan zarba berdi, ammo noaniq ketdi.

84. Zo'r o'yin, zo'r besh daqiqalik!

83. GOL! Oybek O'rmonjonovdan ajoyib gol! Oybekning uzoqdan tepgan to'pi darvoza to'ridan joy oldi!

82. Endi samarqandliklar oldinga o'tmoqda.

81. So'nggi dekada boshlanadi, endi “Dinamo”dan faollik kutamiz!

2026-10-09 21.31.43.jpg

80. GOL! Shala hisobni ochdi! Rustamovning ajoyib uzatmasidan so'ng Adenis to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

77. Otubanjoning jarima maydonchasiga uzatgan to'piga zarba beradigan sherigi topilmadi.

77. G'ulomovning zarbasini darvozabon qaytardi!

75. Qarshiliklarning hujumlari xavfli tus olmoqda.

66. Otubanjoning darvozaga yaqin masofadan bergan zarbasini raqib posboni bartaraf etdi!

2026-10-09 21.08.04.jpg

63. Endi esa “Dinamo” uchta o'zgarish bo'ldi. Maydonga yangi kuchlar tushirildi.

62. Jumaboev chamasi 30 metrlardan zarba berdi, to'pni Ne'matov ushlab oldi.

61. “Nasaf” safida biryo'la uchta o'zgarish amalga oshirildi.

53. Xojimirzaevning zarbasini Ne'matov qaytardi!

2026-10-09 21.08.00.jpg

50. Sharof Muhitdinovning uzatmasidan so'ng sal qolsa “Dinamo” a'zosi o'z darvozasiga to'p kiritib qo'yardi…

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

2026-10-09 21.07.56.jpg

42. Xojimirzaevning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasini Ne'matov qaytardi!

36. O'yin tempi yuqori emas, teng kurashlar asosida ketmoqda.

26. Bobir Abdixoliqovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

24. Sardor Bahromov qulay vaziyatdan gol ura olmadi.

2026-10-09 21.07.52.jpg

18. Azizbek Amonov Mustafoevning uzatmasini golga aylantira olmadi.

11. “Nasaf” darvozasi oldida “Dinamo” futbolchisi yiqildi, biroq o'yin qoidasi buzilmadi deb topildi.

7. Abbosjon G'ulomovning havolatib uzatgan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

2. Oybek Rustamovning zarbasi kuchsiz, ammo aniq chiqdi.

1. O'yin boshlandi.

2026-10-09 21.07.47.jpg2026-10-09 21.07.44.jpg2026-10-09 21.07.42.jpg

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 23-turidan joy olgan bahs - "Nasaf" – "Dinamo" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar