
Superliga
23-tur
"Buxoro" – "Andijon" 3:2
Buxoro. “Buxoro FA”. 19:00
Gollar: Nika Kacharava (Javohir Ro'ziev) 80’, Asilbek Qayyumov (Nika Kacharava) 83’, Sherzod Esanov (Dominik Begich) 90+5’ – Martin Boake (Po'latxo'ja Xoldorxonov) 10’, Bekzod Sulaymonov (Humoyunmirzo Iminov) 73’
Bosh hakam: Rustam Choriev
Yordamchi hakamlar: Sardor Hakimov, Ruslan Samandarov
Zaxira hakami: Javohir Sadaqulov
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Husan Xudoyberdiev
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Shohruh Said
"Buxoro": 12.Umid Hamroev, 5.Sardor Qulmatov, 7.Xurshidbek Muxtorov, 11.Timur Mamasidiqov, 18.Ozodbek Rajabov (17.Javohir Ro'ziev, 75), 22.Asadbek Jo'raboev (88.Dominik Begich, 86), 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yuldashev, 42.Kirill Todorov (9.Nika Kacharava, 69), 78.Vladimir Rodich (77.Asilbek Qayyumov, 75), 97.Shahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 2.Velko Filipovich, 14.Islombek Baratov, 19.Abbos Umarov, 90.Amirxon Hikmatov.
"Andijon": 19.Artyom Potapov, 2.Odilbek Abdumajidov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov (70.Hamidullo Karimov, 89), 11.Humoyunmirzo Iminov, 14.Abdurahmon Komilov, 18.Damir Temirov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Usmonali Ismonaliev, 27.Martin Boake, 33.Doniyor Abdumannopov (28.Bekzod Sulaymonov, 71), 99.Rustam Turdimurodov (10.Dragan Cheran, 71).
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Shohmalik Komilov, 23.Fazliddinxo'ja Ubaydullaev, 66.Abubakir Rejabboev, 88.Shohjahon Yorqinboev.
Ogohlantirish: Kirill Todorov (64).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+5. GOL! Esanovning aylanma zarbasi orqali darvozani ishg'ol qildi. Dahshatli kambek -3:2!
90+3. Abdumajidov Kacharavani yiqitdi, aks holda Begichni bitta pas bilan birga-bir holatga olib chiqardi.
90. Ikkinchi taymga 7 daqiqa qo'shildi.
90. Uuuux! Qayyumovning uzatmasidan keyin Begich bosh bilan xavfli zarba berdi, sal noaniq.
89. “Andijon”da almashtirish: Xoldorxonov o'rniga Karimov maydonga tushdi.
87. Zarba! Yuldashevning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Begich bosh bilan zarba berdi, noaniq.
86. “Buxoro”da o'zgarish: Jo'raboev o'rniga Begich bahsni davom ettiradi.
83. GOL! Kacharavaning pasidan so'ng Asilbek Qayyumov kuchli zarbasi orqali hisobni tenglashtirdi - 2:2!
80. GOL! Ro'zievning pasidan so'ng Kacharava to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ydi - 1:2!
75. “Buxoro”da 2 ta o'zgarish: Rodich o'rniga Qayyumov, Rajabov o'rniga Ro'ziev bahsni davom ettiradi.
73. GOL! Iminovning pasidan so'ng hozirgina zaxiradan tushgan Sulaymonov o'ng oyoqda darvozani nishonga oldi - 0:2!
71. “Andijon”da 2 ta almashtirish: Abdumannopov o'rniga Sulaymonov, Turdimurodov o'rniga Cheran maydonga tushdi.
69. “Buxoro”da o'zgarish: Todorov o'rniga Kacharava tushirildi.
65. Zarba! Turdimurodovning jarimadan yo'llagan zarbasi juda noaniq ketdi.
64. Todorov Boakeni ochiqchasiga yiqitgani uchun ogohlantirildi.
63. Zarbaa! Yuldashevning o'ng oyoqdagi kuchli zarbasi aniq bormadi.
59. Boake maydonda yotibdi, hakam shifokorlarni chaqirdi.
56. Turdimurodovning pasidan so'ng Boake darvozani ishg'ol etdi, biroq ofsayd qayd etildi.
54. Iminovning jarima zarbasi orqali havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Hamroev to'pni qiyinchiliksiz egalladi.
53. Muxtorov maydon markaziga yaqin hududda Turdimurodovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
50. Ismonaliev o'ng qanotda faollik ko'rsatib, raqib hujumiga chek qo'ydi.
47. Jarima maydonchasi ichida Abdumajidov bilan to'qnashgan Jo'raboevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 0:1. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. Po'latxo'ja Xoldorxonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
41. Jo'raboev qanotda ekanligiga qaramay, darvoza tomon erlatib zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida!
38. Iminov Xoldorxonov tomon ajoyib uzun pasni amalga oshirdi, biroq Po'latxo'ja to'pni to'xtatishda texnik xatoga yo'l qo'ydi va to'pni Hamroev egallab oldi.
35. Zarba! Boakening pasidan so'ng Iminov ancha noaniq zarba yo'lladi.
33. Qulmatov to'psiz holatda Boakeni turtib yiqitdi, hakam futbolchilarga og'zaki tushuntirish berdi.
29. Zarbaaa! Xoldorxonovning kuchli zarbasidan so'ng Hamroev zarbani bartaraf etdi. Ajoyib seyv!
25. Mamasidiqov qanotda himoyachini chalg'itgan holda to'pni ichkariga oshirishga urindi, biroq to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
21. Zarba! Jo'rabekovning jarima zarbasi orqali tepgan to'pi himoyachiga tegib qaytdi.
20. Temirov markazda Rajabov bilan biroz tortishib ketdi, hakam futbolchini to'xtatdi.
16. Rajabovning uzun pasidan keyin Mamasidiqov to'pni maydonda saqlab qolishda qiyinchilikka duch keldi.
14. Mamasidiqovning uzatmasidan keyin Potapov to'pni uzoqlashtirdi.
10. GOL! Xoldorxonovning burchakdan oshirib bergan to'pini Boake bosh bilan darvozaga kiritdi - 0:1!
7. Jo'raboevning uzatmasidan so'ng Abdumajidov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
4. Zarbaa! Muxtorovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.
1. O'yin boshlandi!