iks
ads

Superliga. "Qo'qon-1912" o'z uyida "Mashal"ni yirik hisobda taslim qildi

  • Mr.NoBoDy 09.10.2026 20:32
  • 626
  • 30

Superliga 23-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 23-tur

"Qo'qon-1912" – "Mashal" 3:0

Hakamlar: Akobirxo'ja Shukurullaev, Sanjar Shoyusupov, Avaz Abdullaev, Abdurasul Qayumboev

VAR: Jasur Muxtorov

AVAR: Edita Mirobidova

Nazoratchi: Timur Galeev

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: Shohruh Gadoev 16, - 1:0 (M.Hasanov). Iqbol Malikjonov 88, - 2:0 (A.O'ktamov). Silvanus Nimeli 90+3, - 3:0 (A.O'ktamov).

"Qo'qon-1912": 13.Rahimjon Davronov, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov (90.Akbar O'ktamov, 72), 8.Shota Gvazava, 10.Shohruh Gadoev (20.Iqboljon Malikjonov, 85), 15.Zafar Hakimov (18.Muhriddin Pazildinov, 90+5), 19.Shahzod Akramov, 21.G'ulomhaydar Gulyamov, 71.Elbek Yo'lchiev (11.Silvanus Nimeli, 72), 99.Muhammadanas Hasanov (70.Shohruh Mahmudxojiev, 90+5).

Zaxira: 46.Hamzaxon Xo'jaev, 4.Asliddin Toshtemirov, 22.Toma Tabatadze, 44.Andro Giorgadze, .

"Mashal": 25.Samandar Jo'rabekov, 2.Zafar Akramov (22.Muhammadbobur Mo'ydinov, 46), 5.Komiljon Tojiddinov, 8.Sardor Abduraimov (6.Javohir Ubaydullaev, 61), 9.Ibrohim G'anixonov (10.Humoyun Murtozaev, 83), 11.Mahmud Jo'raboev (24.Ifeani Ifeani, 61), 19.Toxir To'xtasinov, 28.Ergash Ismoilov, 67.Og'abek Abdiraximov, 70.Azizbek Choriev, 88.Ahrorbek Rahimov (66.Isomiddin Nusratov, 61).

Zaxira: 73.Vladislav Rusanov, 36.Javohir Abdulazizov, 63.Pavel Bureev, 76.Firdavs Jovliev.

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+7. O'yin tugadi. “Qo'qon-1912“ - “Mashal“ 3:0

90+5. O'zgarishlar, “Qo'qon-1912“. Hakimov va Hasanov o'rniga Mahmudxojiev va Pazildinov tushdi

90+3. GOL! SILVANUS NIMELI! O'ktamovning to'p uzatishidan keyin Nimeli boshi bilan darvozaga yo'lladi - 3:0.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shildi

88. GOL! IQBOL MALIKJONOV! O'ktamovning to'p uzatishidan keyin Malikjonov gol urdi - 2:0.

85. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Gadoev o'rniga Malikjonov tushdi

83. O'zgarish. “Mashal“. G'anixonov o'rniga Murtozaev

82. UXX! G'anixonov hujum paytida Davronovning qo'liga zarba berib yubordi

81. Zarba! Nimelining zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytardi

75. Hasanovning uzatmasiga sheriklari eta olmadi

72. O'zgarishlar. “Qo'qon-1912“. Yo'lchiev va Sidiqov o'rniga O'ktamov va Nimeli tushdi

61. O'zgarishlar. “Mashal“. Abduraimov, Jo'raboev va Rahimov o'rniga Ubaydullaev, Nusratov va Ifeani maydonga tushishdi

59. Zarba, Yo'lchievning yana bir zarbasi noaniq chiqdi

53. Yo'q penalti yo'q, to'p birinchi qo'qonlik futbolchining qo'liga tekkan ekan

50. Bosh hakam VAR yoniga bordi, “Mashal“ darvozasi tomon penalti belgilanishi mumkin

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. “Mashal“. Akramov o'rniga Mo'ydinov tushdi

45+1. Birinchi bo'lim tugadi

44. Muhammadanasning burchakdan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi

36. Sidiqovning chalqancha yo'llagan zarbasi himoyachiga tegdi, qaytgan to'pni esa Yo'lchiev darvozaga joylab qo'yishi mumkin edi, biroq noaniq

33. UXX! Tojiddinovning zarbasi yo'liga Hakimov to'g'anoq bo'ldi

27. Zarba! Yana Muhammadanas zarba berdi, yana noaniq

20. UXXX! G'anixonovning qo'pol xatosidan keyin Akramov zarba berdi, to'p darvoza yonidan o'tib ketdi

16. GOL! SHOHRUH GADOEV! Gadoev o'zi boshlagan hujumni gol bilan tugatdi, Hasanovning chapdan uzatmasini Shohruh darvozaga yo'lladi - 1:0.

14. Mezbonlarning yana bir hujumi, Hasanovning chap qanotdan oldinga o'tishini G'anixonov to'xtatdi!

8. UXXX! “Mashal“ning ilk hujumi, chapdan Ismoilov uzatgan to'pni Jo'raboev darvozaga yo'lladi, Davronovdan seyv!

6. Zarba! Hasanovning zarbasiga aniqlik yetishmadi

1. UXXX! Hasanov Yo'lchievga juda qulay vaziyat yaratib berdi, biroq hujumchi qulay imkoniyatdan foydalana olmadi

1. O'YIN BOSHLANDI!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar