
Bu haqda “La Vanguardia” yozmoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, 44 yoshli ispaniyalik mutaxassis yiliga qariyb 26 million evro daromad oladi. Bungacha uning bir mavsumlik maoshi taxminan 17,3 million evroni tashkil qilardi.
Reytingning ikkinchi pog'onasini "Al Hilol" bosh murabbiyi Simone Inzagi yiliga 25,7 million evro maosh bilan egallab turibdi. Yetakchilar uchligini "Atletiko"ni boshqarayotgan va 23,2 million evro olayotgan Diego Simeone yakunlab bermoqda.
Artetaning "Arsenal" bilan yangi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Ispaniyalik mutaxassis London jamoasini 2019 yilning dekabridan beri boshqarib kelmoqda. Klub 2025/26 yilgi mavsumda uning qo'l ostida Angliya chempioniga aylandi.