
Raqiblar bir-birlarining darvozasini ishg'ol qila olishmadi va ochkolarni bo'lishib olishdi.
Unai Emeri jamoasining yangi APL mavsumi startidagi golsiz va g'alabasiz seriyasi davom etmoqda: birmingemliklar jamg'arilgan 1 ochko bilan turnir jadvalida kamtarona 17-o'rinni egallab turishibdi.
Shu bilan birga, "Aston Villa" ketma-ket ikki mavsum davomida chempionatning dastlabki uchta o'yinida gol ura olmagan Angliya oliy divizioni tarixidagi ikkinchi jamoaga aylanib, tarixiy antirekordni takrorladi. Avvalroq bunday salbiy ko'rsatkich faqat "Ipsvich Taun"da 1969/70 va 1970/71 yilgi mavsumlarda qayd etilgan edi, deb xabar beradi Squawka.